• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari o‘z ukasiga 4 mlrd so‘m kredit ajratilishi uchun bankka bosim o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Holatni prokuratura tekshirmoqda

    O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 11-noyabr kuni bosh vazirning o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov nomiga don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ ajratish va sarflashning qonuniyligini tekshirish to‘g‘risida so‘rov yubordi. Unda bosh prokuratura Davlat moliyaviy nazorati departamenti aniqlagan don ekinlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi hujjatlarni tekshirayotgani qayd etilgan. Mazkur xat nusxasi “Daryo”da ham mavjud.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xatda keltirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi qarori bilan tijorat banklari tomonidan tuman hokimlari tomonidan tasdiqlangan hisob-kitoblar hamda agrotexnik tadbirlar muddatiga muvofiq boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun buyurtmalar bir yilda bir marotaba, 1-sentabrga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga taqdim etilishi belgilangan.

    Biroq g‘alla hosilini moliyalashtirish yakunlanishiga qaramasdan, 2020-yilning 25-may kuni ATB “Agrobank” tomonidan Bo‘ka tumanidagi “Melek don agro” MJCh uchun 16,3 milliard so‘m resurs mablag‘i ajratish haqida jamg‘armaga buyurtma taqdim qilingan. 26-may kuni jamg‘armadan 16,3 milliard so‘m mablag‘lar ajratilgan.

    Xatda qayd etilishicha, ATB “Agrobank” Bo‘ka filiali boshqaruvchisi A.Qurbanov va “Melek don agro” MChJ rahbari M.Ismoilov o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan 16,3 milliard so‘m resurs mablag‘lari g‘alla hosilini yetishtirish uchun yo‘naltirilmasdan, noqonuniy ravishda jamiyatning aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun berib yuborilgan.

    Oqibatda mazkur mablag‘larning 9,277 milliard so‘mi Bo‘ka tuman hokimi tomonidan taqdim qilingan buyurtmada ko‘rsatilmagan xarajatlarga, xususan, 4,477 milliard so‘mi — g‘alla tashish transport xizmati xarajatlari uchun, 600 million so‘mi — mineral o‘g‘it uchun, 200 million so‘mi — suv nasosi o‘rnatish uchun yo‘naltirilib, maqsadsiz sarflab yuborilgan, deya keltirilgan xatda.

    Bosh prokuror ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunga kelib, ajratilgan 16,3 milliard so‘m kreditning 11,3 milliard so‘mi qaytarilmagan.

    Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman hokimining 2019-yil 31-oktabrdagi buyurtmasiga ko‘ra, “Bek agro eksport” MJChga 45 ta fermer xo‘jaliklarining 2147 gektar maydonida fyuchers shartnomalari asosida g‘alla hosilini yetishtirish xarajatlari uchun 7,3 milliard so‘m resurs mablag‘lari to‘liq ajratilgan. Shunga qaramasdan, ATB “Agrobank” tomonidan 16-aprel kuni hech bir asoslovchi hujjatlarsiz “Bek agro eksport” MChJ uchun qo‘shimcha yana 4 milliard so‘m resurs mablag‘i ajratgani, xatda ma’lum qilingan.

    Qayd etilishicha, “Agrobank” Qumqo‘rg‘on filiali boshqaruvchisi S.To‘raqulov va “Bek agro eksport” MJCh rahbari E.Ergashev g‘alla hosilini yetishtirish uchun sarflanmasdan jamiyatning aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun yo‘naltirishgan. Mablag‘dan 130 million so‘mi — mineral o‘g‘it uchun, 1 milliard so‘mi — urug‘lik bug‘doyga, 243,6 million so‘mi — lizing to‘lovlari uchun, 31,2 million so‘mi — kimyoviy vositalar olish uchun, 54 million so‘mi — ish haqi uchun, 20 million so‘mi — homiylik uchun, 8,9 million so‘mi — sug‘urta to‘lovi uchun hamda 2,5 milliard so‘mi — jamiyat rahbarining o‘ziga tegishli “Bek ko‘mak”ga ko‘rsatiladigan texnika xizmatlari uchun yo‘naltirilib, maqsadsiz sarflab yuborilgan.

    Xatda keltirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan ishga aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olinganda, Moliya vazirining o‘rinbosari A.Ergashev jamg‘arma va “Agrobank” boshqaruviga bosim o‘tkazib, o‘zining ukasi E.Ergashev rahbarligidagi “Bek agro eksport”ga 4 milliard so‘m hamda M.Ismoilov rahbarligidagi “Melek don agro”ga 16,3 milliard so‘m mablag‘larni jamg‘armadan ajratish haqida topshiriq bergani, shu sababli ularga resurs ajratishga majbur bo‘lishganini bayon qilishgan.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, jamg‘arma mablag‘larining ajratilishi va sarflanishi qonuniyligi hamda Moliya vazirligi mansabdor shaxslarining ushbu ishga aloqadorligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishini tashkil qilib, tekshirish xulosasini joriy yilning 16-noyabr kuniga qadar taqdim qilishni so‘ragan.

    Jamshid Qo‘chqorov 16-noyabr kuni mas’ul vazirliklar, jamg‘arma hamda “Agrobank”ka vaziyatni har tomonlama o‘rganish va xulosa berish bo‘yicha topshiriq bergan.

    Moliya vazirligi matbuot xizmati tekshiruv o‘tkazilayotgani haqidagi xabar haqiqiyligini tasdiqlagan va qonunda belgilangan tarzda tekshirishlar o‘tkazilishini, xulosani esa Bosh prokuratura berishini qayd etgan.

    Avvalroq o‘tgan ikki yilda moliya organlarining 41 nafar xodimi korrupsiya holatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi esa O‘zbekistonda 9 oyda korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslar haqidagi ma’lumot ochiqlagan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda ikki yil ichida salkam 2000 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan

    20.11.2020, 11:55   Izoh (0)   34322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DXX mas’ul xodimi Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    20.11.2020, 11:51

    Toshkentda fohishalar guruhini internetda reklama qilib kelgan bloger ushlandi

    20.11.2020, 11:12

    O‘zbekistonda 2019-yilda boshlangan Endokrinologik yordam milliy dasturi qandli diabetga chalingan bolalar hayotini yaxshilashga yordam bermoqda

    20.11.2020, 11:01

    O‘zbekiston Senatining 9-yalpi majlisi videokonferensaloqa tarzida boshlandi

    20.11.2020, 10:59

    Air Cairo Toshkent va Sharm-al-Shayx o‘rtasida muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilayotganini xabar qildi

    20.11.2020, 10:24

    Qirg‘izistonning Otboshi tumanidan kartoshka va go‘sht import qilish Farg‘onadagi narx-navoni tushirishga yordam berishi ta’kidlandi

    20.11.2020, 10:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.