O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Alijon Abdullayev Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Alijon Abdullayev tayinlovga qadar Davlat xavfsizlik xizmatining mas’ul lavozimlarida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Alijon Abdullayev 1953-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1977-yilda Sobiq Ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi Oliy kurslarini tamomlagan.
Avvalroq Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)