Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida pirotexnika vositalarini ko‘cha-ko‘yda pullash bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi

Tadbir davomida Kia Carnival rusumli avtomashina yukxonasidan fuqaro U.A.ga tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 111 million so‘mlik 9 turdagi 56 172 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Foto: Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan dastlabki surishtiruvlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda