FIFA videotakrorlar tizimini sun’iy intellekt orqali ishlaydigan o‘yindan tashqari holatlarni aniqlaydigan yarim avtomat tizim bilan boyitmoqchi.
ESPN xabariga ko‘ra, ushbu texnologiya uchta kompaniya tomonidan taklif etilgan, ular 2021-yilda ushbu tizim yaratilishining yangi bosqichiga o‘tadi. FIFA tizimdan JCh—2022 musobaqasida to‘liq foydalanishga umid qilmoqda.
Sun’iy intellekt orqali VAR xodimi ofsayd haqida to‘liqroq va tezroq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tizim to‘pning harakati va so‘nggi chiziqda turgan futbolchining holatini baholaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)