Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh Afg‘oniston va Iroqda 2,5 ming nafardan harbiyni qoldiradi. Donald Tramp ma’muriyati taxmin qilishicha, qo‘shinlar 15-yanvargacha olib chiqib ketiladi. Afg‘onistondan 2 ming, Iroqdan 500 kishi chiqarib yuboriladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

“Prezident Trampning farmoni va kuchlarni qayta guruhlash bo‘yicha rejaga muvofiq, 2021-yilning 15-yanvariga kelib, Afg‘onistonda 2,5 ming kishilik kuchlarimiz qoladi, xuddi shu kunga kelib, Iroqda ham 2,5 ming kishi qoladi”, — dedi AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller.

Trampning rejasiga ko‘ra, Iroq va Afg‘onistondan qo‘shinlar 2021-yil maygacha qaytariladi, dedi prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen. Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq va Afg‘onistonda qolgan harbiylar Amerikaning diplomatik vakolatxonalarini va hukumatga qarashli obyektlarni himoya qiladi.

Harbiylar soni sentabrdagiga nisbatan ancha kamayadi. O‘sha oydagi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda 8,6 ming, Iroqda esa 5,2 ming harbiy bo‘lgan.

AQShda prezident saylovi 2020-yil 3-noyabrda bo‘lib o‘tdi. 16-noyabr holatiga ko‘ra natijalar hali rasman e’lon qilinmadi. Amerika OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenni g‘olib deb topdi. Ko‘plab mamlakatlar rahbarlari, xususan, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Jo Baydenni AQSh prezidentligi saylovidagi g‘alaba bilan tabriklagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmirtiy Peskov esa Putin “saylov natijalari rasman e’lon qilinganidan keyin” tabriklashini bildirgan. Facebook rahbari Mark Sukerberg Jo Baydenni AQSh prezidentlik saylovlari g‘olibi deb atadi.

14-noyabr kuni Vashingtonda AQSh prezidentlik saylovi natijasidan norozi bo‘lgan minglab kishilar amaldagi davlat rahbari Donald Trampni qo‘llab-quvvatlab mitingga chiqdi. Unda Trampga qarshi bo‘lganlar ham qatnashdi va namoyish to‘qnashuvga aylanib ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi