Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vladimir Putin ovoz berish natijalari rasman e’lon qilingandan so‘ng AQShning saylangan prezidentini saylovlardagi g‘alabasi bilan tabriklaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Putin AQShning saylangan prezidentini g‘alaba bilan tabriklashi haqidagi savolingizni oldindan bilgan holda, men quyidagilarni aytmoqchiman: biz saylov natijalarining rasmiy e’lon qilinishini kutish to‘g‘ri deb bilamiz”, – deydi Peskov.

Nega Vladimir Putin yakuniy natijalarni kutmasdan, to‘rt yil avval Donald Trampni g‘alabasi bilan tabriklaganligi haqidagi savolga Kreml vakili quyidagicha javob berdi.

“Farqi yaqqol ko‘rinib turibdi. Hozirda amaldagi prezident tomonidan e’lon qilingan muayyan huquqiy protseduralar bor. Shu sababli rasmiy e’lonni kutishni to‘g‘ri deb bilamiz”, – deydi prezidentning matbuot kotibi.

Avvalroq AQSh ommaviy axborot vositalari, xususan, Associated Press, CNN, The New York Times, ABC News, Fox News va boshqalar 7-noyabr, shanba kuni Jo Baydenni AQShning saylangan prezidenti deb e’lon qildi. OAV hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlikka nomzod – Demokratik partiyadan ko‘rsatilgan sobiq vitse-prezident Jo Bayden Pensilvaniya shtatida g‘alaba qozongan va prezident saylovida g‘olib chiqish uchun tanlovchilarning kamida 270 ta ovozi kerak bo‘lgan holatda 273 ta ovozni qo‘lga kiritgan.

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari Jo Baydenning saylovlarda g‘olib chiqqanligini e’lon qilganidan keyin hozircha mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi.

Shunga qaramay, Bayden allaqachon davlatning yangi rahbari sifatida xalqqa murojaat qildi. Ko‘plab mamlakatlarning rahbarlari uni allaqachon AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)