O‘zbekistonga 2020-yilning dastlabki 9 oyida 15,3 million dollarga teng 23,1 ming tonna banan import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 3,5 million dollarga kam, deb xabar bermoqda Spot Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib.
2020-yilda O‘zbekistonga banan, asosan, quyidagi davlatlardan import qilingan:
- Ekvador — 14,8 million dollar;
- Rossiya — 109,7 ming dollar;
- Qozog‘iston — 103,1 ming dollar;
- Qirg‘iziston — 96,5 ming dollar;
- Xitoy — 91,4 ming dollar;
- Meksika — 45,2 ming dollar.
Shuningdek, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirus oziq-ovqat, meva-sabzavot yoki go‘sht mahsulotlari orqali yuqmasligini bildirgan.
Izoh (0)