Daryo

Toshkentda ustaxonada qoldirilgan Opel Vectra yonib ketdi (video)

Mazkur yong‘in yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB YHXB hamda FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, olov chiqishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda

1 daqiqa o‘qish68 742 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB axborot xizmati

2020-yilning 10-noyabr kuni soat 14:10 larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasida joylashgan transport vositalarini sozlash ustaxonasida qoldirilgan, fuqaro A.R.ga tegishli Opel Vectra transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan, deya xabar qildi YHXBB axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q va favqulodda vaziyat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Foto: YHXBB axborot xizmati
Foto: YHXBB axborot xizmati

“Mazkur yong‘in yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB YHXB hamda FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, olov chiqishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Barcha haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, transport vositasi sozlovchilaridan esa xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda ish olib borishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi boshqarma axborotida.

Foto: YHXBB axborot xizmati
Foto: YHXBB axborot xizmati
Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar