11-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.Germaniyaning Kyoln shahrida har yili o‘tkaziladigan karnaval mavsumi pandemiya tufayli bekor qilingani uchun boshiga antiseptiklardan shlyapa kiyib olgan ayol.Foto: ReutersHindistonning Kalkutta shahrida, G‘arbiy Bengaliyada deyarli 8 oydan so‘ng ochilgan vokzalda poyezddan tushib kelayotgan yo‘lovchilar.Foto: RexAngliyaning Brayton shahridagi quyosh botishi.Foto: ReutersItaliyaning Venetsiya shahrida qariyalar uyida yashovchi Domenika Sartor qizi bilan plastik parda ortidan salomlashmoqda.Foto: ReutersKolumbiyaning Dabeyba shahrida qurolli to‘qnashuv qurbonining qarindoshi qabriston ishchisiga uning xokini uzatmoqda.Foto: AFPUkrainaning Kiyev shahrida restoran sanoati ishchilari karantin tadbirlarining kuchaytirilishiga qarshi mitingda qatnashmoqda.Foto: RexArmanistonning Yerevan shahrida politsiya xodimlari hukumatning Tog‘li Qorabog‘ masalasidagi sulhiga qarshi chiqqan namoyishchi ayolni olib ketmoqda.Foto: Getty ImagesAvstraliyaning Sidney shahrida opera teatri binosining ustida koronavirus qurbonlariga atab tasvirlangan lolalar.Foto: Getty ImagesPeruning Lima shahrida yangi prezident Manuel Merinoga qarshi namoyishga chiqqan odamlarning yo‘lini yopish uchun ketayotgan OMONchilar.Foto: EPARossiyaning Yakutiya hududida koronavirus bemori transportirovka qilinmoqda.Foto: ReutersUkrainaning Kiyev shahrida itlari yonida buterbrod yeb o‘tirgan ayol.Foto: ReutersKarachi shahri aholisi quyosh botayotganda kriket o‘ynamoqda.Foto: ReutersAQSh Kapitoliy binosi Vashingtondagi ko‘lmakda ko‘rinmoqda.Foto: ReutersAQShning Nyu-York shtatida koronavirusga test topshirayotgan ayol.Foto: ReutersFalastinlik Nasim Abu Jeymi xonaki sher bolalari bilan o‘ynamoqda. U jonivorlarni uyining tomida saqlaydi.Foto: ReutersKeniyaning Nakuru hududida Nayvasha ko‘li suvining sathi shu darajada ko‘tarildiki, natijada daraxtlar qulab, bolalar ularning ustiga chiqib olishdi.Foto: ReutersAQShda saylangan prezident Jo Bayden Delaver shtatidagi matbuot anjumanida kulib turibdi.Foto: ReutersIspaniyaning Arguinegin hududidagi Gran-Kanariya orolida qutqarib olingan 2 mingdan ziyod muhojirlar.Foto: ReutersGermaniyaning Shtadtallendorf hududi yaqinidagi o‘rmonda A49 avtomagistralining kengaytirilishiga qarshi namoyishda daraxtlardagi hayinchaklarda yotgan odamlar.Foto: ReutersMeksikaning Tabasko hududida tropik shtormdan so‘ng suv toshqinida yurgan odamlar.Foto: Reuters
Ilhom Aliyev Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi urushda g‘alaba qozonganini ma’lum qildi 11.11.2020, 22:59
AQShning Pfizer vaksinasi uning tarqatish imkoniyatini kamaytiruvchi kamchiliklarga egaligi aniqlandi 11.11.2020, 22:36
Yerevandagi norozilik namoyishlari qatnashchilari Nikol Pashinyandan iste’foga chiqishni talab qildi 11.11.2020, 22:12
Rossiyada sutka davomida 432 kishi COVID-19’dan vafot etdi. Bu o‘limlar soni bo‘yicha yangi sutkalik antirekord 11.11.2020, 21:47
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi yaratuvchilari uning samaradorligini 92 foiz deb baholadi. Bu Pfizer’nikidan 2 foizga ko‘p 11.11.2020, 21:23