Mohir Valiyev Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Mohir Valiyev 28-oktabridagi buyruq bilan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi lavozimiga tayinlangan.
Mohir Valiyev 2020-yil yanvardan buyon Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 7-sentabrdagi farmoni bilan “Davyergeodezkadastr” Kadastr agentligiga aylantirildi. Keyinroq Halilillo To‘raxo‘jayev agentlik direktori etib tayinlandi. Shuningdek, Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi negizida davlat muassasasi shaklida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tashkil etilgan.
Izoh (0)