Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2020-yil 5-noyabr kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati

O‘zbekiston hukumati rahbari Qirg‘iziston bilan hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashda ilgari erishilgan barcha kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhim ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda pandemiyaning ikki tomonlama aloqalarga salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bosh vazir Abdulla Aripov 2-noyabr kuni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumati delegatsiyasi vakillarini qabul qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi