Qirg‘izistonda 6-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:38 da zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila 40,16 daraja shimoliy kenglik, 71,72 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan. Yer silkinishi magnitudasi 4,9 ballni tashkil qilgan bo‘lib, 10 kilometr chuqurlikda kuzatilgan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 244 kilometrni tashkil qilgan.
Yer silkinishi O‘zbekistonning quyidagi hududlarida sezilgan:
- Toshkent: 244 kilometr, 2 ball.
- Namangan: 93 kilometr, 3 ball.
- Andijon: 87 kilometr, 4 ball.
- Farg‘ona: 26 kilometr, 5 ball.
- Guliston: 252 kilometr, 2 ball.
Izoh (0)