“Muhtasham yuz yil” serialining yulduzi Maryam Uzerli yaqinda dunyoga kelishi kutilayotgan farzandining otasiga turmushga chiqishga qaror qildi. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, aktrisa to‘y marosimi o‘tgan yozda bo‘lmaganiga sabab qilib pandemiyani ko‘rsatgan.
“Meni turmushga chiqmoqchi emas, deb hisoblaganlar yanglishadi. Sevimli insonimning turmushga qurish taklifiga rozilik berganman. Pandemiya vaqtida 20-30 kishi bilan to‘y qilishni istamaganim sabab marosim bo‘lmadi”, — degan Maryam. Shuningdek, u dabdabali to‘y o‘tkazishni istayotganini bildirgan.
Avvalroq ikkinchi marta ona bo‘lishi kutilayotgan aktrisa “Muhtasham yuz yil” serialining suratga olish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab bergandi.
Izoh (0)