Ijro mahorati va o‘ziga xos go‘zalligi bilan minglab muxlislar qalbidan joy olgan turk aktrisalari kundalik va tadbirlarda qanday uslubda kiyinishni yoqtirishi ularning didiga bog‘liq.
Maryam Uzerli
Foto: Cosmopolitan
Hayotda Maryam oddiy va qulay kiyinishni yaxshi ko‘radigan ayol. Taqdirlash marosimlarida esa haqiqiy Xurram sultonga aylanadi.
Foto: Cosmopolitan
Qo‘l ishi bilan bezalgan bashang liboslar, keng yubka, qimmatbaho toshli taqinchoqlar uning obrazini tashkil etadi.
Demet Ozdemir
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
“Tong qushi”, “Qulupnay ifori” yulduzi kundalik hayotda qomatni aks ettiradigan kiyimlarni kiyishni yoqtiradi. Kalta yubka, “razrez”li libos, shorti va toplar shular jumlasidan.
Foto: Cosmopolitan
Poshnali tuflilarni aktrisa faqatgina ziyofatlarga kiyishi mumkin, kundalikda esa qulay poyabzallar botinka, etik va krossovkalarni afzal biladi.
Neslihan Atagul
Foto: Cosmopolitan
“Sevgi iztirobi”dan keyin mashhurlikka erishgan aktrisa, odatda, jinsi shim, legins, keng sviter, erkin bichimli shim va sport uslubidagi oyoq kiyim kiyishi mumkin. U ortiqcha makiyaj qilmaslik va sochlarini nomiga jingalak qilish orqali tabiiy go‘zalligiga urg‘u beradi.
Foto: Cosmopolitan
Alohida tadbir va ziyofatlarga ipak, tillarang yoki yaltiroq matodan tikilgan hashamatli liboslarni ma’qul ko‘radi.
Melisa Asli Pamuk
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Asli yirik krossovka, botinkalar, keng shim va printli futbolka hamda erkaklarnikiga o‘xshash tolstovkalar kiyadi. Uning garderobida, asosan, qora rangdagi libos, zanjirli taqinchoq va brasletlarni uchratish mumkin. Taqdirlash marosimi va ziyofatlar uchun ham aktrisa qora libos yoki kam detalli kostyum tanlaydi.
Xazal Feliz Kuchyukyose
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Xazalning kiyinishida so‘nggi trendlarni ko‘rish mumkin. U ranglar bilan o‘ynab, sport va romantik uslubni kombinatsiya qila oladi.
Foto: Cosmopolitan
Tadbirlarga Xazal har bir detalgacha e’tibor berilgan holda qomati va ko‘rinishidan kelib chiqib kiyinadi.
Xande Erchel
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
“Malikam, endi qara”, “Eshigimni qoq” seriallari yulduzi rang-barang kiyinishni yaxshi ko‘radi. Uning garderobida bluzkalar, gulli ko‘ylaklar va midi yubkani ko‘rsa bo‘ladi. Alohida kun yoki oqshom uchun aktrisa ultrazamonaviy kostyum va ko‘ylaklar, tillarang kalta libos va smoking kiyishi mumkin.
Fahriye Evjan
Foto: Cosmopolitan
Burak O‘zchivitning rafiqasi ham kundalik hayotda qulay kiyinishni xush ko‘radi. Poshnali poyabzallarni alohida kunlarda, kundalik uchun krossovka va botinka kiyadi.
Foto: Cosmopolitan
Ziyofat, tadbir va taqdirlash marosimlarida esa uni qomatga urg‘u beradigan ko‘ylak va ingichka poshnali tuflida ko‘rish mumkin.
Xande Dog‘andemir
Foto: Cosmopolitan
“Quyoshni kutib”, “Muhtasham yuz yil” va “Ko‘sem” seriallarida rol ijro qilgan aktrisa ma’lum uslub asosida emas, nimani yoqtirsa shuni kiyadi.
Foto: Cosmopolitan
Alohida tadbir va ziyofatlar uchun esa tabiiy rangdagi libos bilan aksessuarlardan foydalanadi.
Mavzuga doir:
- Katta seriallarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi. “Muhtasham yuz yil” serialida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar (foto)
- Kadir Dogulu oilaviy munosabatlar haqida gapirdi, “istanbullik kelin” — Asli Enver savollarga javob berdi. Turk kinosi yangiliklari (foto)
- PR uchun ismidan foydalanilgan Neslihan, Nurgul Yeshilchayning yangi obrazi. Turk kinosi yangiliklari