Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Bekobod tumanida ayoli bilan ajrashgan er 3 nafar farzandiga 18 ga qadar to‘lguniga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment pulini bir yo‘la to‘ladi, deya xabar bermoqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Bekobod tumani bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining qarzdor F.Qobilovdan, undiruvchi G.Qobilovaning foydasiga uch nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 2013-yil 25-dekabrda kelib tushgan.

Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor F.Qobilovning mulkiy ahvolini o‘rganish maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan bo‘lib, olingan javob xatlariga ko‘ra qarzdorning nomiga mol-mulklar rasmiylashtirilmaganligi aniqlanib, bu haqida tegishli tartibda dalolatnoma tuzilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga nisbatan Ma’muriy jinoyat to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga asosan ma’muriy ishlar bo‘yicha Bekobod tuman sudining 2020-yil 23-iyundagi qaroriga binoan 21 million 660 ming 947 so‘m qarzdorligi sababli 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Shundan so‘ng qarzdor F.Qobilov farzandlari ta’minoti uchun aliment pullarini oldindan to‘lab berish xohishini bildirgan. Alimentchi otaning iltimosiga binoan tuman davlat ijrochisi tomonidan farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pullari hisoblab berilgan.

Ota tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan summa 133 729 169 so‘m 90 tiyinni tashkil qilgan. Qarzdor F.Qobilov tomonidan ushbu pul mablag‘lari undiruvchi G.Qobilovaning tilxatiga asosan to‘liq undirib berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg