AQShda oktabr oyida koronavirusdan vafot etgan respublikasi Devid Endal Shimoliy Dakota shtati qonunchilik majlisi saylovida g‘alaba qozondi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
2020-yilda 55 yoshga to‘lgan Endal 5-oktabr kuni vafot etgan, biroq o‘sha vaqtda dastlabki ovoz berish jarayoni boshlangani sababli uning ismi byulletenlarda qolgan.
Endal va uning partiyadoshi Deyv Nering saylovda g‘alaba qozongan, vafot etgan erkak 38 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Endi respublikachilar Shimoliy Dakota qonunchilik majlisida ularning vakili o‘rnini kim egallashini aniqlab olishi kerak bo‘ladi. Qayd etilishicha, navbatdan tashqari saylov o‘tkazish ehtimoli ham bor.
AQShda 3-noyabr kuni umumiy saylovlar kuni bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar prezidentni va vitse-prezidentni, 35 nafar senatorni, vakillar palatasini, 11 ta shtat va ikkita hudud gubernatorini, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari vakillarini sayladi.
Izoh (0)