• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreyada 57 yoshli erkak 80-yillarda qilgan qotilliklarini tan oldi va ushbu jinoyatlar uchun nohaq ayblanib, qamalgan mahbusdan kechirim so‘radi

    1980-yillar oxirida Janubiy Koreyaning Xvason shahrida bir nechta vahshiyona qotilliklar seriyasi aholini qo‘rquvga solgandi. Qotilliklar oqibatida 10 nafar qiz halok bo‘lgan, ularning eng kichigi 13 yoshli o‘smir edi. 1989-yilda qotil topilgan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. Mazkur voqealardan 30 yil o‘tgach boshqa bir erkak — Li Chun Chje qotilliklarni amalga oshirganini tan oldi. Li qizlarni o‘ldirganini aytib, ularning qarindoshlaridan kechirim so‘ragan. Shuningdek, u o‘zining o‘rniga sudlangan va qamoq jazosini o‘tagan Yun ismli shaxsdan ham o‘z uzrini so‘ragan, deb yozmoqda RTVI.

    Foto: Yonhap

    Foto: Yonhap

    80-yillarda Xvasonda taxminan 200 ming nafar aholi istiqomat qilgan. Qotilliklar ham juda kam sodir bo‘lgan. To‘rt yil ichida 10 nafar qizning o‘ldirilishi mahalliy huquq-tartibot idoralarini tashvishga solgan. Murdalarning hammasi bo‘g‘ib o‘ldirilgan va ularni zo‘rlash alomatlari bo‘lgan. Tergovchilar ushbu jinoyatlarni seriyali qotil amalga oshirayotganini yaxshi tushunardi.

    Qidiruv-surishtiruv ishlarida 2 milliondan ziyod politsiyachi ishtirok etgan va bu Janubiy Koreya tarixidagi rekord raqamlardan biri edi. 21 mingga yaqin gumonlanuvchi so‘roq qilingan, 40 ming kishidan barmoq izlari namunalari olingan. Yakunda 1989-yili politsiya Yun ismli 22 yoshli yigitni hibsga oladi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach gumonlanuvchi aybiga iqrorligini tan olgan.

    Yun 8-qurbon, 14 yoshli qizni zo‘rlaganini tan olgan. Jinoyatchiga umrbod qamoq jazosi berilgan. Jinoyat ishi yopilgan edi, ammo Yun qamoqxonada tergovchilarning unga zo‘ravonlik bilan ayblov e’lon qilgani va uni qilmagan ishlarini tan olishga majburlashganini aytgan. O‘z bergan ko‘rsatmalarni inkor qilgan.

    Yun 20 yil davomida qamoqxonada bo‘ldi. U 2009-yilda shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqqan. 2020-yil yozida Xvason politsiya boshqarmasi boshlig‘i Pe yon Chju ilk bora 30 yil avval politsiyaning Yunga nisbatan kuch ishlatib, uni qotilliklarni tan olishga majburlaganini tan oldi. Ayni vaqtda ish qayta ko‘rib chiqilmoqda va Yunning advokatlari unga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qilish uchun kurashmoqda.

    Haqiqiy qotil Li Chun Chje bo‘lib chiqdi. U o‘z aybiga iqrorligini bildirdi. Li 2019-yilning kuzida aybiga iqrorligini aytdi, o‘shanda politsiya 57 yoshli erkakning gumonlanuvchilardan biri ekanini ma’lum qilgan. DNK tekshiruvining qayta tahlilidan keyin tergovchilar Lining 10 nafar qurbonning kamida uch nafarini o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Aslida esa Li qizlarning hammasini, Yun zo‘rlagani aytilgan va aybsiz aybdor sifatida 20 yil “o‘tirib” chiqqan 8-qurbonni ham o‘ldirgan.

    2020-yil 2-noyabrda bo‘lib o‘tgan Yun ishi bo‘yicha takroriy eshituvda Li qotilliklarning aybdori ekanini tan oldi. Shu tariqa uning 1986–1991-yillarda qilgan umumiy jinoyatlariga 4 ta qotillik va 30 ta zo‘rlash jinoyati kiritildi.

    “Hanuzgacha o‘sha vaqtda nima uchun gumonlanuvchilar orasida bo‘lmaganimni tushunmayman. Atrofimda jinoyatlar bo‘lar, men ularni yashirishga deyarli urinmas edim. Meni juda tez va oson ushlashadi deb o‘ylardim. Axir o‘shanda shaharda minglab politsiyachilar yurardi. Ko‘pincha detektivlarga duch kelar va ular mendan atrofimda sodir bo‘lgan narsalar haqida so‘rashardi”, — degan Li.

    Lini 80-yillarda sodir bo‘lgan qotilliklar uchun javobgarlikka tortib bo‘lmaydi — ularning ko‘rib chiqilish muddati o‘tib bo‘lgan. Biroq Li 1994-yildan buyon qamoqxonada qolmoqda va umrining oxirigacha ozodlikdan mahrum qilingan. 26 yil avval u o‘z rafiqasini zo‘rlash va o‘ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

    Li sud zalida qilgan harakatlaridan pushaymonligini aytib, uzr so‘ragan.

    “Men bu yerga kelib qilmishlarim tafsilotlarini aytib, qurbonlarning oila a’zolaridan kechirim so‘rayapman, ularning asl haqiqatni bilishlarini istadim. Umrimning qolgan qismini vijdon azobida o‘tkazaman”, — degan Li.

    Sudda nima uchun ushbu qotilliklarni qilgani yuzasidan berilgan savolga u hanuzgacha buning aniq sababini topmaganini aytib, javob qildi.

    Qotil eshituvda ishtirok etgan, nohaq ayblangan va 20 yil muddatni o‘tagan Yundan kechirim so‘ragan. Yun esa sodir bo‘lgan voqealarni idrok qilishi uchun muayyan vaqt kerak ekani, o‘z or-nomusini tiklab, hayotining qolgan qismini aybsiz odamdek o‘tkazishni istashini ta’kidlagan.

    05.11.2020, 08:12   Izoh (0)   18172
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmanistonda xorijdan kelganlar uchun karantin muddati 21 kunga uzaytirildi

    05.11.2020, 07:34

    Yevroittifoq mamlakatlari Aleksandr Lukashenkoga qarshi sanksiyalarni kelishib oldi

    05.11.2020, 07:28

    Daniya hukumati a’zolari o‘zni yakkalash tartibiga o‘tib ketdi

    05.11.2020, 06:59

    Italiyaning barcha hududida koronavirus sababli komendantlik soati joriy qilindi

    05.11.2020, 06:31

    Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov 4,6 ming yevrolik kurtkasini qayerdan olganini aytdi

    04.11.2020, 23:41

    AQSh prezidentligi saylovida 120 yil ichidagi saylovchilarning eng yuqori faolligi qayd etildi

    04.11.2020, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.