Gollivudning taniqli aktrisasi Skarlett Yoxansson hech qayerga ovoza qilmasdan Saturday Night shousi boshlovchisi Kolin Jost bilan turmush qurdi. Aktrisa hisob bo‘yicha uchinchi marotaba erga tegmoqda, deb yozadi “Film.ru”.
To‘y marosimi o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan. Yoxansson birinchi bor Rayan Reynoldsga turmushga chiqqan edi — juftlik 2011-yilda ajrashgan. Oradan bir necha yil o‘tgach, Yoxansson fransiyalik proumoter Romen Doriak bilan o‘z munosabatlarini qonuniylashtirgan. 2017-yilda Yoxansson ajrashishga ariza bergan.
Shu yilning o‘zida Yoxansson va Jost birinchi bor SNL orqali tanishgan: 2019-yilning may oyida esa unashtirilgan. Yoxansson hozirda Doriak bilan nikohidan tug‘ilgan Rouz Doroti ismli qizini tarbiyalamoqda.
Izoh (0)