Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Myunxengladbaxning “Borussiya”siga qarshi o‘yinda (2:2) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasining ketma-ket 16 mavsumida gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Ungacha ushbu natijaga “Barselona” hujumchisi Lionel Messi erishgan edi.
“Manchester Yunayted” sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz ham Chempionlar Ligasining 16 mavsumida gol urishga erishgan, biroq u Messi va Benzema singari ketma-ket emas, balki butun faoliyati davomida bunday natijani qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Benzema Ispaniya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumida 6 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mavzuga doir:
- Levandovskidan Vardigacha. Dunyoning ayni damdagi eng yaxshi markaziy hujumchilari reytingi e’lon qilindi
- Karim Benzema futbolchilik faoliyatini yakunlagach qaysi sport bilan shug‘ullanishini aytdi
- Karim Benzema futbolga muhabbat qo‘yishiga kim sababchi bo‘lganini aytdi
- Krishtianu Ronalduning gollariga eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchi ma’lum bo‘ldi
Izoh (0)