“Real” hujumchisi Karim Benzema futbolchilik faoliyatini yakunlagach, ringga chiqmoqchi ekanligini aytdi. 32 yoshli futbolchi bu haqida do‘sti, taniqli kikbokschi Fuad Ezbiri bilan suhbatda gapirdi.

Foto: Twitter

“Men yakkakurashlarni yaxshi ko‘raman. Futbolchilik faoliyatim tugagach, nega endi sen bilan olti oy mashq qilmasligim kerak? Agar sen meni jangga tayyor deb hisoblasang, bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi. Va’da beraman, jangga tayyor bo‘laman”, — deydi Benzema.

Ma’lumot uchun, Benzema 2019/20-yilgi mavsumda “Real” bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Ortda qolgan mavsumda u La Ligada 37 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol va 8 ta gol urdi.

“Real”ning “El-Klasiko”larda “Barselona” darvozasiga urgan top-10 goli (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!