Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” himoyachisi Nacho “Barselona”ga qarshi kechgan bahsda (3:1) olgan jarohati tufayli bir oyga yaqin vaqtni maydon tashqarisida o‘tkazib yuborishi mumkin, deya yozadi jurnalist Migel Anxel Dias.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ushbu holatda futbolchi Chempionlar Ligasi (“Borussiya M” va “Inter”ga qarshi) va Ispaniya chempionatida (“Ueska” va “Valensiya” bilan) 2 tadan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Nachoning 21-noyabr kuniga belgilangan “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda safga qaytishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, Nachodan tashqari, himoyachilar — Dani Karvaxal va Alvaro Odriosolada ham jarohat mavjud.

“Real” Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida “Borussiya M” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv 27-oktabrdan 28-oktabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)