“Real” rahbariyati bosh murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamoqda.
AS nashrining xabar qilishicha, madridliklar rahbariyati mavsumning sust boshlangani, shuningdek, “Kadis” (0:1) va “Shaxtyor” (2:3) jamoalaridan uchralgan mag‘lubiyatdan norozi.
Ayni damda “Real” Zinedin Zidanga o‘rinbosar sifatida “Tottenhem” sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino va “Real”ning yoshlar jamoasi ustozi Raulni ko‘rmoqda.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoa boshqaruviga Raulning kelishini xohlamoqda, biroq “Real” rahbariyati 43 yoshli mutaxassisning bu qadar mas’uliyatli ishga tayyor ekaniga shubha bilan qaramoqda.
Pochettino anchadan buyon ishsiz yuribdi va faoliyatini tiklashni juda xohlamoqda. Biroq uning madridliklar tizimida faoliyat yuritmagani muammoga aylanmoqda. Argentinalik mutaxassis kafolat tariqasida uzoq muddatli shartnoma talab qilishi mumkin.
Ketma-ket ikkita mag‘lubiyatni qabul qilib olgan “Real” 24-oktabr, kuni La Liga doirasida “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
“Qaymoqranglilar” La Liga 2020/21-yilgi mavsumidagi beshta o‘yindan so‘ng 10 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda ketmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)