Transfermarkt portali ayni damdagi eng qimmat futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.

Foto: Transfermarkt

Undan “Liverpul”ning uch nafar o‘yinchisi o‘rin olgan bo‘lsa, “Bavariya”, “Manchester Siti” va PSJning ikki nafardan vakili top-11 likdan joy oldi. Tarkibning umumiy qiymati 1,19 milliard yevroni tashkil etdi.

Qizig‘i shundaki, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi (100 million yevro) va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu (60 mln yevro) ramziy terma jamoadan o‘rin olmagan.

Darvozabon: Yan Oblak (“Atletiko”, 90 million yevro);

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”, 110 mln), Matteys de Ligt (“Yuventus”, 70 mln), Virjil van Deyk (“Liverpul”, 80 mln), Alfonso Devis (“Bavariya”, 80 mln);

Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix (“Bavariya”, 85 mln), Rahim Sterling (“Manchester Siti”, 128 mln), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, 120 mln), Sadio Mane (“Liverpul”, 120 mln);

Hujumchilar: Kilian Mbappe (PSJ, 180 mln), Neymar (PSJ, 128 mln).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!