Qashqadaryo viloyatida bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Farhod Ochilov Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ochilov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “Yuksalish” umummilliy harakati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
To‘xtamurod Pakirov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Pakirov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelgan.
Nargiza Samadova Qarshi shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri etib tayinlandi. Samadova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limining ijtimoiy fanlar metodisti lavozimida ishlagan.
Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida, FVV markaziy apparatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)