• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Eldor Shomurodovning Italiyadagi sarguzashtlarini boshlab beradigan “Verona” — “Jenoa” uchrashuvi haqida

    Italiya A Seriyasining 4-turini 19-oktabr oqshomida bo‘lib o‘tadigan “Verona” — “Jenoa” uchrashuvi yakunlab beradi.

    Foto: Tuttosport

    Foto: Tuttosport

    Mazkur bahs genuyaliklar uchun koronavirus bilan bog‘liq muammolardan keyingi ilk uchrashuv bo‘ladi. “Jenoa”da uch hafta avval COVID-19 bilan zararlangan ilk futbolchi aniqlangandi, shundan keyin jamoa “Napoli”ga qarshi kuchsizlangan tarkib bilan tushdi va 0:6 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi, “Torino”ga qarshi o‘yin qoldirildi. 19-oktabr, oqshomida esa “Jenoa”ni oson bo‘lmagan raqib kutib turibdi. “Daryo” Eldor Shomurodov uchun Italiyadagi ilk qadam bo‘lishi kutilayotgan o‘yin haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

    “Jenoa”ning o‘yin uslubi haqida

    Genuya shahrining bosh jamoasi yozgi transferlar oynasida tarkibda yangilanishlar qildi. Eski hujumchilardan faqat Goran Pandev qoldi. Shuningdek, erkin agent maqomida Mattia Destro kelgan bo‘lsa, “Yuventus”dan Marko Pyatsa ijaraga olindi.

    “Jenoa” 3-5-2 uslubida to‘p suradi: ikki hujumchi pressingda o‘ynaydi va raqib jarima maydoni atrofida faol harakat qiladi, qanot laterallari ularni uzatmalar bilan, markaziy yarim himoyachilar esa uzun paslar bilan  ta’minlaydi. Uchrashuvda qanot vakillari Shomurodovga sifatli uzatmalar amalga oshirib berishga harakat qiladi.

    Biroq murabbiylar shtabi tarkibdagi yo‘qotishlar sabab uslubni 4-4-2 ga ham o‘zgartirishga majbur bo‘lishi mumkin. Sababi jamoaning ko‘plab yarim himoyachilari bu o‘yinda qatnasha olmaydi.

    “Verona” haqida

    2018/19-yilgi mavsumda B Seriyadan oliy divizionga qaytgan veronaliklar 2019/20-yilgi mavsumni 11-o‘rinda yakunlagandi.

    Jamoa 2020/21-yilgi mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi. Jamoa birinchi turda “Roma”ni 3:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Keyin esa “Udineze” taslim etildi. Biroq jamoa 3-turda “Parma”ga yengildi.

    “Verona” asosan tajribali futbolchilarga tayanib harakat qiladi, jamoada 30 yoshdan oshgan o‘yinchilarning soni juda ko‘p. Ular orasidan Nikola Kalinichni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Xorvatiyalik futbolchi yozda veronaliklar safiga kelib qo‘shilgandi.

    Aytgancha, bir vaqtlar ushbu jamoada safida o‘zbekistonlik sobiq futbolchi Ilyos Zeytullayev harakat qilgan.

    Eldor Shomurodov debyut qiladimi!?

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Odatda yangi futbolchilar jamoaga biroz moslashib olgach maydonga tashlanadi, shunda ham debyutantlar ko‘pincha dastlabki o‘yinini zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Biroq Eldor bilan buning aksi bo‘lishi katta ehtimol. Koronavirus sabab jamoada yuzaga kelgan kadrlar muammosi sabab Shomurodov bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi ehtimoli juda yuqori. Genuyaliklar ustozi Rolando Maranning ta’kidlashicha, Eldor so‘nggi 5-6 kun ichida eng ko‘p shug‘ullangan o‘yinchi. Shuningdek, O‘zbekiston singari butun Italiya o‘zbek futbolchisining debyutini kutmoqda.

    Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi safida Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (Eldor bu o‘yinda gol muallifiga aylandi) ishtirok etgach, terma jamoa bilan BAA yo‘l olmagan va Italiya qaytib ketgandi. Shunday ekan murabbiylar shtabi bu bahsda o‘zbekistonlik to‘purarga ishonch bildirishi turgan gap.

    O‘zaro o‘yinlar

    Mazkur jamoalar o‘zaro to‘qnash kelgan so‘nggi o‘nta o‘yinning oltitasida “Jenoa”ning qo‘li baland kelgan. Uchta bahsda “Verona” zafar quchgan bo‘lsa, yana bitta o‘yinda durang qayd etilgan. So‘nggi o‘yinlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, bu to‘qnashuvda ko‘pincha g‘olib nomi ma’lum bo‘ladi. So‘nggi bor bu jamoalar 2014-yilda o‘zaro murosa yo‘lini tanlagan.

    “Jenoa” va “Verona” o‘rtasidagi oxirgi o‘yin 2020-yilning fevralida bo‘lib o‘tgan va unda genuyaliklar 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. 2019/20-yilgi mavsumdagi dastlabki o‘yin esa “Verona” g‘alabasi bilan (2:1) tugagan.

    Koronavirus bilan bog‘liq muammo

    Biroz vaqt oldin “Jenoa” koronavirusning haqiqiy o‘chog‘iga aylandi. Genuyaliklar koronavirus sabab 3-tur doirasidagi “Torino”ga qarshi o‘yinni qoldirishga majbur bo‘ldi. Jamoaning 22 vakilida virus aniqlandi, ularning 17 nafari asosiy jamoa futbolchilari bo‘ldi. Biroq FIFA kunlaridagi tanaffus genuyaliklar joniga oro kirdi. So‘nggi test natijalari kasallanganlarning o‘n nafarida salbiy natija berdi. Shu tariqa “Jenoa” ustozi Rolando Maran bu o‘yinda Mattia Perin, Mixa Zays, Ivan Radovanovich, Marko Pyatsa, Luka Pellegrini, Davide Biraski, Filippo Melegoni, Valon Behrami, Lasse Shyone va Federiko Marketti xizmatlariga tayana oladi. Biroq xabarlarga ko‘ra “Verona”ga qarshi o‘yinda ulardan faqat Perin va Radovanovich asosiy tarkibdan joy olishi mumkin.

    “Verona”da esa ikki o‘yinchi infeksiya sabab o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bular: himoyachi Koray Gyunter va hujumkor yarim himoyachi Antonin Barak.

    Murabbiylar fikri

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    “Verona” kuchli jamoa, ular har qanday raqibga muammo tug‘diradi. Kimlar maydonga tushishi hozircha aniq ayta olmayman. So‘nggi mashg‘ulotdan keyin hammasini aniq bo‘ladi.

    Shomurodov O‘zbekistondan qaytganidan keyingi 5-6 kun ichida hammadan ko‘p mashg‘ulotlarda qatnashdi. U Italiya futbolini o‘rganishga qattiq tirishmoqda va bunga xohishi yuqori. Bu jihatlar meni xursand qilmoqda. Biroq bu qadar qisqa muddat ichida moslashish juda qiyin.

    Rolando Maran, “Jenoa” bosh murabbiyi

    Mavzuga doir: “Jenoa” hujumchilar “kushanda”simi? Eldor Shomurodovni Italiyada nimalar kutmoqda?

    Maran o‘zining kuchli murabbiy ekanini ko‘rsata olgan. Albatta, hozir uning uchun qiyin palla, biroq bu jihatlar jamoaga yanda ko‘proq motivatsiya berishi mumkin. U juda tajribali murabbiy.

    “Jenoa”da faqat kimlar maydonga tusha olmasligini bilamiz, xolos. Ularning ayrim futbolchilari xalqaro tanaffus vaqtida safga qaytgan. Shunday ekan, raqibni mensimaslik yaramaydi.

    Ivan Yurich, “Verona” bosh murabbiyi

    Taxminiy tarkiblar

    Italiyaning mashhur nashrlari bahs uchun o‘z taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Ularning barchasi “Jenoa” hujum chizig‘iga Pandev va Shomurodov juftligini qo‘ygan.

    Quyida La Gazzetta dello Sport nashri tomonidan ilgari surilgan variant bilan tanishing:

    “Verona” (3-4-2-1): 1 Silvestri; 32 Manyani, 17 Chekerini, 33 Empereur; 5 Faraonov, 61 Tamez, 14 Ilichich, 8 Lazovich; 9 Salsedo, 20 Zakkanyi; 10 Favilli.

    “Jenoa” (3-5-2): 1 Perin; 5 Goldaniga, 2 Sapata, 55 Masiyello; 18 Gilyone, 47 Badel, 21 Radovanovich, 65 Rovella, 99 Chiborra; 19 Pandev, 61 Shomurodov.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Uchrashuvni qanday tomosha qilish mumkin

    “Verona” — “Jenoa” uchrashuvi “Futbol-TV” va Rossiyaning “Match-TV” telekanallari orqali jonli efirga uzatiladi.

    A Seriya

    4-tur bahsi

    19-oktabr, dushanba

    “Verona” — “Jenoa” 23:45

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    19.10.2020, 21:03   Izoh (0)   29190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Habib Nurmagomedov Toni Fergyuson bilan jang qilmaydi. Uning Getjidan keyingi raqibi nomi ham ma’lum qilindi

    19.10.2020, 20:58

    Lennoks Lyuis: “Dastlabki 3 ta raunddan keyinoq oldingizda qanday raqib turganini bilib olasiz”

    19.10.2020, 20:00

    Fransiyada Luis Suaresning izdoshi bor: “Sosho” futbolchisi raqib darvozabonini tishlab oldi

    19.10.2020, 19:00

    Superliga. “Qo‘qon-1912” kamchilikda o‘ynab, safarda “Surxon”ni taslim etdi

    19.10.2020, 18:51

    Said Nurmagomedov UFC’da 14 kun ichida ikkinchi jangini o‘tkazishi mumkin

    19.10.2020, 18:01

    Ronald Kuman Messi bilan birinchi suhbati tafsilotlarini ma’lum qildi

    19.10.2020, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.