• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev yer hisobi va davlat kadastrlarini samarali yuritish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-oktabr kuni davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, 2020-yil 7-sentabrda “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda sohani ilg‘or tajriba asosida isloh qilish, yangicha boshqaruv tizimini joriy etish, yerning hisobini to‘liq yuritish va raqamlashtirish bo‘yicha kompleks vazifalar belgilandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etildi. Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish vazifasi mazkur agentlikka, yerlardan samarali foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi.

    Ta’kidlanishicha, yangi tizimga ko‘ra Kadastr agentligi Soliq qo‘mitasi tarkibida tashkil etilgani bejiz emas. Chunki bu sohada soliq bazasini kengaytirish uchun katta zaxira bor.

    Ma’lum qilinishicha, yaqinda Bo‘stonliq, Furqat, Koson tumanlari va Urganch shahrida o‘tkazilgan o‘rganishlarda jami 2 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyekti kadastr va soliq bazalarida hisobga olinmagani aniqlangan.

    Shunday holat yer maydonlarida ham bor. Masalan, xatlovlar natijasida 66 tumanda 150 ming gektar qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi yerlari, shundan hisobotlarga kiritilmagan 28 ming gektar sug‘oriladigan ekin maydoni borligi ayon bo‘lgan. Umuman, 113 tumanda yer fondi toifalari va turlarining aniq hisob-kitobi bo‘lmagani oqibatida ko‘plab zaxiralar yo‘qotilmoqda.

    Yig‘ilishda yangi tizim asosida ishni tashkil etish uchun birinchi galda yer hisobini joyiga qo‘yib, to‘liq shakllantirib olish zarurligi ta’kidlandi.

    “Kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi qonun hujjatlari eskirgan. Ular murakkab, tushunarsiz yozilgan. Bu esa korrupsiyaga yo‘l ochib bergan. Bugun tizim tamomila o‘zgarishi kerak. Asosiy maqsad yer hisobini aniq yuritish, bu borada adolatni ta’minlashdir”, — dedi Prezident.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar rahbarlariga barcha qishloq xo‘jaligi tumanlari bo‘yicha yer kadastr hujjatlarini tayyorlab, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish yuzasidan ko‘rsatma berildi. Endi hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari mazkur geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi.

    Shuningdek, Kadastr agentligi bilan soliq idoralarining ma’lumotlar bazasini birlashtirib, foydalanishdagi yer va obyektlarni hisobga olish hamda soliq shakllantirib borish vazifasi qo‘yildi.

    Bugungi kundagi o‘rmon xo‘jaligi kadastri 1987-yildan buyon yangilanmagani ko‘rsatib o‘tildi. Undan beri o‘tgan davrda tabiiy yo‘l bilan yangi o‘rmonlar paydo bo‘lgan. Shu bois O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga o‘rmonzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, tizimdagi muammolardan biri shuki, 340 mingta obyektning kadastr qiymati belgilanmagan. Shundan 200 mingdan ziyod obyekt bo‘yicha soliq hisoblanmayapti. Bundan tashqari, 1 milliondan ortiq uy-joyning kadastr hujjati yo‘q.

    Shu munosabat bilan Prezident ko‘chmas mulk kadastri hisobini to‘liq shakllantirish zarurligi, bu soliq solish bazasini kengaytirishda muhimligini ta’kidladi. Undan keladigan mablag‘lar to‘liq mahalliy budjetga tushadi va ular hisobidan ijtimoiy masalalarni hal etish mumkin.

    Qurilishdan bino-inshootning kadastr jildini tayyorlashgacha bo‘lgan bosqichlarda undiriladigan to‘lovlar asosliligini o‘rganib, ularni kamaytirish va jarayonlarni soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Yer solig‘i hisoblash tizimini ham tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi. Xususan, viloyat markazlariga yaqin, suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan hududlarda ham, hosildorligi past joylarda ham yer solig‘i deyarli bir xilda hisoblanadi.

    Mutasaddilarga yerlarning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib soliq hisoblash, bunda oshirilgan va kamaytirilgan koeffitsiyentlarni qo‘llash tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shu maqsadda xalqaro ekspertlar jalb qilinib, obyektlarning bozor qiymatini aniqlash tartibi 4 ta tumanda sinovdan o‘tkazilishi belgilandi.

    Yig‘ilishda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik yoki yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish muammosiga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Qayd etilganidek, birgina 2020-yilda 50 mingga yaqin holatda 11200 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangan, shundan 3200 gektarda noqonuniy uy-joy qurilgan. Bularning 99 foizi sug‘oriladigan, unumdor qishloq xo‘jaligi yerlari.

    Agrar yerlarni nazorat va ekinlarni monitoring qilish maqsadida har bir tuman dron bilan ta’minlanishi aytildi. Bundan tashqari, kosmosdagi sun’iy yo‘ldoshlar orqali kuzatuvdan foydalanib, noqonuniy qurilmalarni tezkor aniqlash va qurilishni ilk bosqichidayoq bartaraf etish imkonini beradigan axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu dastlab ayrim viloyatlarda sinovdan o‘tkaziladi.

    Barcha viloyat, tuman va shaharlarning ma’muriy chegaralarini aniqlash ishlarini shu yil yakuniga yetkazib, mahalliy kengashlarda tasdiqlash vazifasi qo‘yildi. 2 mingdan ziyod nomsiz ko‘chalar, 1 milliondan ortiq raqamsiz uylar borligi qayd etilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 21 turdagi davlat kadastri mavjud. Lekin bugungi kunda 9 ta kadastr bo‘yicha ma’lumotlar 50 foizga ham yetmaydi. Oqibatda yerlarni auksionga chiqarish uchun turli idoralar joyiga chiqib o‘rganishga, alohida-alohida xulosa berishga majbur va unga 2 oy atrofida vaqt ketmoqda.

    Xususan, faqat shaharlararo avtomobil yo‘llari bo‘yicha kadastr mavjud bo‘lib, ichki yo‘llar bo‘yicha birorta hududda kadastr tasdiqlanmagan. Shu bois bu boradagi kadastrni to‘liq hujjatlashtirib, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish vazifasi belgilandi.

    Sohadagi islohotlarni samarali amalga oshirish uchun Kadastr agentligining barcha bo‘g‘inlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish, yangi tizim mazmuni va tartibi bo‘yicha o‘qitish muhimligi ta’kidlandi. Joylardagi kadastr bo‘limlarining moddiy-texnik ta’minoti va mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ham ko‘rsatma berildi.

    “Umuman aytganda, har bir hokim va sektor rahbarlari yer hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, yerni ko‘z qorachig‘iday asrash hududlarning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qiladigan asosiy omillardan biri ekanini anglab yetishi lozim. Bu orqali uchta muhim masalani, ya’ni, yerdan samarali foydalanishni, fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulk huquqini va daxlsizligini ta’minlashni hamda soliq bazasini kengaytirib, budjet daromadiga qo‘shimcha zaxiralar shakllantirishni hal qilgan bo‘lamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday?
    • O‘zbekistonda kadastr organlari Davlat soliq qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi
    • Kadastr organlarining ayrim vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi

    15.10.2020, 21:43   Izoh (0)   16757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Davlat statistika qo‘mitasi yangi saytida yuridik shaxslarning rahbari, ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilmaganiga izoh berdi

    15.10.2020, 21:29

    Buxoroda 7 yoshli qizaloqni qiynoqqa solib, uning qo‘li va yuzlarini kuydirgan er-xotinga sud hukmi o‘qildi

    15.10.2020, 21:14

    Navoiyda “Odnoklassniki” orqali diniy-ekstremistik materiallar tarqatgan 26 yoshli yigit 3 yilga ozodlikdan cheklandi

    15.10.2020, 19:59

    Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi

    15.10.2020, 19:10

    “O‘zgidromet” 16-oktabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    15.10.2020, 18:42

    Farg‘onada 17-oktabrdan jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar orqali aniqlanib, jarimaga tortiladi (video)

    15.10.2020, 18:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21

    Rossiyada “Senimi, shoshmay tur!” multfilmi asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi

    Kino | 20 iyun, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:09

    Titanik bo‘laklari orasidan qora shishadan yasalgan marjon topildi

    Dunyo | 20 iyun, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.