• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 7 yoshli qizaloqni qiynoqqa solib, uning qo‘li va yuzlarini kuydirgan er-xotinga sud hukmi o‘qildi

    Buxoro shahrida yashovchi enagalar 7 yoshli qizaloq va uning 1 yoshli singlisiga qaragani uchun ularning onasidan o‘z vaqtida xizmat haqi ololmaydi. Shu sabab er-xotin enagalar 7 yoshli qizga doimiy ravishda zo‘ravonlik qilib, uni qiynoqqa solib kelgan. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi raisi Akbar Jabborov xabar berdi.

    Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahrida yashovchi Marat (barcha ismlar o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i Barno bilan birga 7 yoshli Shahnoza va uning 1 yoshli singlisi Komilaga enagalik qila boshlaydi. Biroq bolalarning onasidan kelishilgan miqdordagi xizmat haqini o‘z vaqtida ololmagani uchun 7 yoshli Shahnozani qasddan qiynoqqa solib kelgan.

    Voqeaga aniqlik kiritilishicha, 2019-yilning sentabr oyida Nazira Rossiyaga ishlash maqsadida ketish uchun voyaga yetmagan 7 va 1 yoshli qizlarini dugonasi Barnoning qaramog‘iga qoldirib, evaziga unga har oyda 200 dollar to‘lashini ma’lum qilgan. Turmush o‘rtog‘i Marat bilan ijarada yashab kelayotgan Barno ushbu kelishuvga rozi bo‘lib, dugonasining bolalariga enagalik qila boshlagan.

    Tayinli ishi bo‘lmagan Marat va Barno oradan bir necha oy vaqt o‘tgach, voyaga yetmagan bolalarning onasi kelishilgan pulni yetkazavermagach, bolalarni ura boshlagan. Keyinchalik bu urish, tepkilash va kamsitishlar odatiy holga aylangan.

    “Er-xotin enagalar shu qadar insoniylik qiyofasini yo‘qotganki, bolalarni Buxoro shahridagi hovlilarning biriga olib borib, 7 yoshli qizaloqqa tazyiq o‘tkazgan. Uni jismoniy qiynoqqa solib, qizning yuzi, qo‘llari va badanining boshqa qismlariga qattiq jismlar bilan ayamasdan urgan. Oshxonadagi gazga qoshiq va kapgirni qizdirib, qizaloqning yuzi, qo‘llari va badaniga yopishtirgan. Og‘riqdan baqirgan qizni yomon so‘zlar bilan haqoratlab, uning og‘zini latta bilan bog‘lagan va qiynoqqa solishda davom etgan”, — deydi Akbar Jabborov.

    Sudda ta’kidlanishicha, enaga Barno jinoiy harakatlarini davom ettirib, sovuq havoda qizaloqni hovli o‘rtasidagi daraxtga bog‘lab qo‘yadigan odat chiqargan. Bu ham yetmagandek, uning ustidan sovuq suv to‘kib, tomosha qilgan. Qizaloq azoblarga chidolmay, baqirib yig‘lagan paytda olovda qizdirilgan choynak bilan uning bilaklarini, jag‘ sohasi, iyagi va qulog‘i atroflarini kuydirgan.

    Marat turmush o‘rtog‘ini to‘xtatish o‘rniga, unga qo‘shilib qizaloqning yuz qismiga mushti bilan urgan. Oshxona pichog‘i bilan uning qorin sohasini kesib, tan jarohati yetkazgan. Birinchi yordam ko‘rsatmagani yetmagandek, uni davolatish chorasini ham ko‘rmagan. Jarohat o‘z holicha chandiq yara bo‘lib bitgan.

    Qiynoq va jismoniy azoblarga solingan, to‘yib ovqatlanmagan qizaloqning tinkasi qurigan. Er-xotin shunga qaramasdan, qizaloqni onasi yashaydigan uyga olib kelib, ko‘p qavatli uyning zinapoyasidan itarib yuborgan. Ovozni eshitgan qo‘shni eshikdan chiqib qarasa, qo‘shnisining qizi yerda yotgan bo‘lgan. Qo‘shni uy sharoitida qizaloqqa birinchi yordamni ko‘rsatib, so‘ngra uni shifoxonaga olib borgan.

    Shuningdek, qizaloqlarning onasiga qo‘ng‘iroq qilib, holatni tushuntirgan. Agar zudlik bilan yetib kelmasa, qizlarini bolalar uyiga topshirib yuborishini aytgan. Qizaloqlarning onasi Nazira esa qo‘shnisiga ishonmay, farzandlari ishonchli qo‘lda ekanligini aytgan. Shundan so‘ng qo‘shnisi qizaloqning tan jarohatlarini rasmga olib, onasiga yuborgan.

    Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan Shahnozaga chap yelka suyagi pastki qismining tepacha orqali sinishi va qo‘l sinishi tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari, olib borilgan sud-tergov ishlari jarayonida er-xotin enagalar qizga nisbatan bosh miya chayqalishi bilan davom etgan iyak, chap tomon pastki jag‘, yuqori va pastki lab shilliq qavatlaridagi shilinmalar, o‘ng bilak ko‘krak orqa va old yuzasidagi, chap kurak, bel sohasidagi shilinmalar, o‘ng qo‘l kaft orqa yuzasidagi kuyish ko‘krak old yuzasidagi yara kabi sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan tan jarohatlari yetkazgani, voyaga yetmagan shaxsni qiynash jinoyatini sodir qilganiga aniqlik kiritilgan.

    Sudning aniqlashtirishicha, qizaloq to‘rt oy davomida qiynoqqa solib kelingan.

    Sud er-xotin enagalarni Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblab, 110-modda 2-qismining “a” bandi (qiynash) sanksiyasi doirasida ularga ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan.

    Mavzuga doir: 

    • Ayoliga bolasining axlatini yedirgan erkak holat qanday yuz berganini gapirib berdi (video)
    • Samarqand IIB eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayolni o‘z himoyasiga oldi. Uni ish bilan ta’minlab, yangi uy olishida ham ko‘maklashishini va’da qildi
    • Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz Andijonda fuqaroning qiynoqqa solinishi kabi holatlarni favqulodda holat sifatida qabul qilish kerakligini bildirdi
    • Senat qiynoqlar bo‘yicha Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovi yuboradi

    15.10.2020, 21:14   Izoh (0)   60395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda “Odnoklassniki” orqali diniy-ekstremistik materiallar tarqatgan 26 yoshli yigit 3 yilga ozodlikdan cheklandi

    15.10.2020, 19:59

    Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi

    15.10.2020, 19:10

    “O‘zgidromet” 16-oktabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    15.10.2020, 18:42

    Farg‘onada 17-oktabrdan jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar orqali aniqlanib, jarimaga tortiladi (video)

    15.10.2020, 18:28

    O‘zbekistonda go‘sht, shakar, yog‘ va kartoshka QQSdan vaqtincha ozod etiladi

    15.10.2020, 17:43

    Video: Buxoro uzra parvoz qilayotgan deltaplan

    15.10.2020, 17:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.