Yevgeniy Chebotaryov ismli rossiyalik kaskadyor o‘zining Instagram’dagi sahifasida “Forsaj” filmidagi ekshn-sahnani takrorlagani tasvirlangan videoni e’lon qildi. Bu safar erkak eski Volkswagen Golf’da “VAZ-2121” ustidan sakrab o‘tgan.

Kadr: YouTube

Kaskadyor ushbu sahnani takrorlash uchun 53 ming rublga (700 dollar) xarid qilingan eski Volkswagen Golf’dan foydalangan. Tryukni amalga oshirish uchun ekstremallar maxsus tramplin yasagan. Yevgeniy uning yordamida harakatlanayotgan “VAZ-2121” ustidan sakrab o‘tishni rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, “Niva” Golf bilan parallel harakatlanishi kerak bo‘lgan — xetchbek tramplinga yaqinlashgach, yo‘ltanlamas bitta yo‘nalish bo‘yicha harakatini davom ettirishi kerak edi. Biroq trayektoriyani hisoblash natijasida “Niva”ni harakatlanish qismiga nisbatan perpendikulyar yo‘naltirishga qaror qilingan.

https://www.instagram.com/p/CGNUqs8H6HL/

Golf yerga ancha qattiq tushgan. “Parvoz” vaqtida Golf old tomonga og‘ishni boshlagan va natijada xetchbek asfaltga urilib, uning bamperi va kapotiga shikast yetgan.

Avvalroq Kia kompaniyasining Amerikadagi ofisi K5 biznes sedaniga bag‘ishlangan noodatiy reklama bilan bo‘lishgandi. Unda Janubiy Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchisi ikkita Kia K5 modelining o‘n metrli tramplindan sakragani tasvirlangan videorolikni taqdim etgan.