• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iziston prezidenti parlament tomonidan tayinlangan bosh vazirni noqonuniy deb topdi

    Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov mamlakat parlamentiga hukumat tarkibi va tuzilishini tasdiqlash haqidagi qarorni qaytarib yubordi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida ma’lum qilindi, deb yozmoqda “RBK”.

    Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

    Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, davlat rahbari parlamentning bosh vazir lavozimiga Sadir Japarovni tayinlash haqidagi qarorini noqonuniy deb hisoblagan.

    Xabarda aytilishicha, parlament qarori yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun deputatlarning yetarli soni unga ovoz berishi kerak. Mamlakat parlamenti Jo‘qorg‘i Keneshda 120 ta deputatlik o‘rni borligi hisobga olinganda qaror qabul qilish uchun kamida 61 nafar deputatning ovozi kerak.

    Sadir Japarovni bosh vazir etib tayinlash haqidagi qaror qabul qilingan majlis 6-oktabr kuni, mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovidan keyin boshlangan ommaviy namoyishlar ortidan bo‘lib o‘tgan. Namoyishchilar parlament binosini egallab olgani sababli yig‘ilish Bishkekdagi “Dostuk” mehmonxonasida to‘liq bo‘lmagan tarkibda bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda jami 51 nafar deputat qatnashgan. Bundan tashqari, yig‘ilganlarda yana o‘nlab deputatlarning ovoz berish uchun ishonchnomasi bo‘lgan.

    “Jo‘qorg‘i Kenesh reglamenti to‘g‘risidagi Qirg‘iziston Respublikasi qonuniga ko‘ra, yig‘ilishda qatnashayotgan deputatlar soni — bu Jo‘qorg‘i Keneshning majlis zalida bo‘lgan va ovoz berishdan oldin ro‘yxatdan o‘tgan deputatlari soni. Bundan kelib chiqadiki, kvorumning mavjudligi 61 nafar deputatning shaxsan mavjudligini bildiradi. Ishonchnomaning mavjudligi ovoz berish huquqini beradi, biroq kvorumni shakllantirish huquqini emas”, — deya ta’kidlanadi davlat rahbari ma’muriyatining xabarida.

    Majlisda deputatlar umumiy sonining yarmidan kami shaxsan qatnashgani sababli qabul qilingan qaror qonuniy deb hisoblanmaydi. “Kvorum ta’minlanmagan, kvorumsiz qabul qilingan qaror noqonuniy va yuridik kuchga ega emas, deb hisoblanadi”, — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

    Qarorni hukumatga qaytarishdan oldin Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashgan. Uchrashuvda ular vaziyatni muhokama qilgan va davlat rahbari Japarovga qarorni parlamentga qaytarishini ma’lum qilgan. “Mamlakatda barqarorlikni saqlash va mustahkamlash uchun bizning barcha qarorlarimiz qonuniy bo‘lishi va shubha uyg‘otmasligi kerak”, — deya ta’kidlagan So‘ronbay Jeenbekov.

    Qirg‘izistonda 4-oktabr kuni parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parlamentda deputatlik o‘rniga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan yetti foizlik dovondan to‘rtta partiya o‘ta oldi.

    Saylov natijalaridan norozi bo‘lgan minglab kishilar 5-oktabr kuni namoyishga chiqdi. Namoyishlar tartibsizlikka aylanib ketdi, tartibsizliklarda bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi vafot etdi. Namoyishchilar mamlakat parlamenti va prezident administratsiyasi joylashgan binoni egallab oldi, shuningdek, mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev va sobiq bosh vazir Sapar Isakovni qamoqdan ozod qildi.

    Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 6-oktabr kuni parlament saylovi natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

    Norozilik namoyishlari fonida Bishkek shahriga namoyishchilar tomonidan yangi mer tayinlandi. Ammo shaharning rasmiy rahbari Aziz Surakmatov iste’fo haqida ariza yozmadi. Prezidenti So‘ronbay Jeenbekov sodir bo‘lgan voqealarni hukumatni noqonuniy egallashga urinish deb atadi. Shuningdek, davlatning yaxlitligi, xalqning birligi va jamiyatning xotirjamligini birlamchi deb atab, muayyan sharoitlarda lavozimdan ketishga tayyorligini bildirdi.

    9-oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti hukumat va bosh vazirni iste’foga chiqardi. Bishkekda 9-oktabr soat 20:00 dan boshlab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi, shaharga harbiy bo‘linmalar va harbiy texnika kiritildi. Ayni shu kuni mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan suiqasd uyushtirildi. 10-oktabr kuni esa Atambayev qo‘lga olingani ma’lum qilindi.

    13.10.2020, 23:34   Izoh (0)   48993
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Johnson & Johnson farmatsevtik kompaniyasi ishtirokchilardan biri kasal bo‘lib qolgani tufayli COVID-19’ga qarshi vaksina sinovlarini to‘xtatdi

    13.10.2020, 22:35

    Nobel qo‘mitasi iqtisodiyot bo‘yicha mukofot sovrindori bilan bog‘lana olmadi. Shu sababli uni yarim tunda mukofotning boshqa sohibi uyiga kelib uyg‘otishga majbur...

    13.10.2020, 22:12

    O‘zbekiston 10 yillik tanaffusdan so‘ng Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga gaz yetkazib berishni qayta tikladi

    13.10.2020, 21:46

    Svetlana Tixanovskaya Belarus hukumatiga “xalq ultimatumi”ni e’lon qildi

    13.10.2020, 20:33

    Rossiyada COVID-19’ga chalinish va undan vafot etish holatlari bo‘yicha mutlaq rekord qayd etildi

    13.10.2020, 17:41

    Trampni davolayotgan shifokor testlar AQSh prezidentida koronavirus yo‘qligini ko‘rsatganini ma’lum qildi

    13.10.2020, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:50

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Yasmin Zoitova, yangi mashinali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, qaynonasiga iPhone sovg‘a qilgan Afruza

    Madaniyat | 19 iyul, 09:31

    Rossiyalik bolalar dam olish uchun O‘zbekistondagi oromgohga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:14

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.