Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘izistonda 4-oktabr kuni yettinchi chaqiriq Jo‘qorg‘i Kenges deputatlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda 16 siyosiy partiya parlamentdagi o‘rinlar uchun kurashdi, deb xabar berdi “24.kg” axborot agentligi.

Foto: “24.kg”

Foto: “24.kg”

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, faqat quyidagi to‘rtta siyosiy partiya bir palatali parlamentga kirish uchun 7 foizlik to‘siqni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bular:

  • “Birimdik” (24,53 foiz) – 46 ta o‘rin;
  • “Mekenim Qirg‘izistan” (23,9 foiz) – 45 ta o‘rin;
  • “Qirg‘izistan” (8,74 foiz) – 16 ta o‘rin;
  • “Butun Qirg‘izistan” (7,09 foiz) – 13 ta o‘rin.
Markaziy saylov qo‘mitasining ta’kidlashicha, mamlakatning 2475 saylov uchastkalardagi 97,25 foiz ovoz hisoblab chiqildi. Saylovda saylovchilarning 56,2 foiz ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, parlamentga kira olmagan beshta partiya – “Islohot”, “Ordo”, “Meken Intimagi”, “Chon Kazat” va “Iymon Nuri” saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi hamda birgalikda harakat qilishga kelishib oldi.

Shuningdek, 5-oktabr kuni Bishkekda ovoz berish natijalariga rozi bo‘lmagan partiyalar va ularning tarafdorlari tinch mitinglar o‘tkazdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi