• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gretsiya sudi “Oltin shafaq” neonatsistlar partiyasini tamoman yakson qildi. Uning a’zolari oshkora ravishda Gitlerni ko‘klarga ko‘tarardi va odamlarni o‘ldirardi

    Gretsiya sudi “Oltin shafaq” neonatsistlar partiyasini tamoman yakson qildi. Uning a’zolari oshkora ravishda Gitlerni ko‘klarga ko‘tarardi va odamlarni o‘ldirardi. Bu partiyaning Gretsiya va Yevropa parlamentlarida kengashlar o‘tkazishiga — va hatto Rossiya bilan do‘stlashishiga ham xalal bermagandi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    2020-yil 7-oktabr kuni Afina sudi “Oltin shafaq” neonatsistlar partiyasining 2015-yil aprelidan buyon, besh yil davom etib kelgan ishi bo‘yicha qaror chiqarishni boshladi. Sud partiyaning yuqori doirasini, shu jumladan, uning yetakchisi Nikolaos Mixaloliakos va bir qator a’zolarini, shuningdek, “Oltin shafaq”ning Gretsiya parlamentidagi sobiq deputatlarini jinoiy tashkilotni tuzishga aloqador deb topdi. Jami taxminan yetmishga yaqin odamga ayblovlar e’lon qilindi, ularning ba’zilarigina jazodan qutulib qola oldi. Partiya yetakchilari 15 yilgacha muddatga qamoq jazosi berilishi mumkin, muhojirlar va antifashist reper Pavlos Fissasning shov-shuvli qotilliklariga aralashgan oddiy a’zolari esa umrbod qamoq jazosigacha bo‘lgan jazolarni olishi mumkin. Ayblov tomoni va Gretsiya OAVlari “Oltin shafaq” ishini Nyurnberg ishi davridan buyon natsistlarga qarshi eng katta ko‘lamli sud deb atamoqda. Ammo “Oltin shafaq”ning yakson qilinishi uni qo‘llab-quvvatlovchilar g‘oyib bo‘lganini, elektorat esa shunchaki yo‘q bo‘lib qolganligini bildirmaydi: kimlardir savlati kattaroq parlament partiyalariga o‘tgan bo‘lsa, boshqalar politsiya va Gretsiyaning boshqa maxsus xizmatlariga qo‘shilgan bo‘lishi mumkin.

    “Oltin shafaq” ishi bo‘yicha sud hukmi Gretsiyadagi eng mashhur hamda G‘arb o‘ng partiyalari va harakatlari orasidagi eng faollaridan biri bo‘lgan o‘ta o‘ng tashkilot tarixidagi so‘nggi bob bo‘ldi, u 2000-yillar oxiridagi iqtisodiy krizis va 2010-yillar o‘rtalaridagi migratsion krizis to‘lqinida ommaboplikning yangi turtkisiga uchragan edi.

    “Oltin shafaq” 1980-yillardayoq Gretsiyaning urushlar orasidagi davrda bosh vaziri bo‘lgan Ioannis Metaksas hamda 1967—1974-yillarda mamlakatni boshqargan “qora polkovniklar” harbiy xuntasi rejimining muxtor natsionalistik an’analari davomchisi sifatida paydo bo‘lgan edi. “Oltin shafaq”ning bo‘lg‘usi yetakchisi Nikolaos Mixaloliakos 1970-yillarda “4-avgust” radikal natsionalistik partiyasi (Metaksasning yaratilgan sanasiga qarab “4-avgust rejimi” sifatida mashhur bo‘lgan rejimi sharafiga nomlangan) a’ zosi bo‘lgan. Jurnalistlarga hujum qilganligi uchun turmaga tushgan Mixaloliakos harbiy xunta yetakchilari bilan tanishgan va yangi harakat yaratish uchun ulardan “oq fotiha” olgan. “Oltin shafaq” nomi datslab Mixaloliakos 1980-yillarda nashr qildirgan jurnalga berilgan, so‘ng 1993-yilda rasman partiyaga aylangan harakatning o‘zi ham shu nomni olgan.

    Ammo “Oltin shafaq” o‘zining muxtor natsionalizm va antikommunizm mafkurasiga tayangan, biroq bevosita italyan fashizmi yoki Germaniya natsizmi bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘z ilhomchilaridan farq qilgan. Yangi partiya shakllanishining eng birinchi bosqichidayoq natsistlar estetikasi va mafkuraning ko‘plab elementlarini o‘ziga olgan.

    “Oltin shafaq” jurnallari muqovasiga dastlab svastikaga o‘xshatilgan bezaklar tushirilgan bo‘lsa, keyinroq haqiqiy svastikaning o‘zi chizilgan. 1987-yilda Berlindagi Shpandau qamoqxonasida natsistlar reyxministri va Gitlerning NSDAP (Natsional sotsialistik nemis ishchilar partiyasi) bo‘yicha o‘rinbosari Rudolf Gess o‘zini osib qo‘yganida, “Oltin shafaq” uning suratini jurnal muqovasiga joylashtirgan va Gessni madh etuvchi maqolani e’lon qilgan, harakat faollari esa Afina ustidan “Rudolf Gess unutilmaydi” degan yozuvli varaqalarni sochgan. Mixaloliakas ko‘pincha svastika tushirilgan bayroq fonida va natsistlarga xos salomlashuv ishorasi sifatida qo‘lini shartta ko‘tarib suratga tushar edi, partiya hujjatlarida va tashviqot varaqalarida esa “tanho dohiylik tamoyili” (Führerprinzip)ni va gitlerchilardan o‘zlashtirilgan qat’iy partiya iyerarxiyasini, shuningdek, “Qon va sharaf” kabi shiorlarni  e’lon qilar edi. Shu bilan birga, ko‘pincha svastika ko‘rinishidagi tatuirovkalar tushirgan va Gitlerga oshkora tahsin o‘qigan partiya rahbariyati va a’zolari o‘zlarining natsizm bilan aloqasini rad etgan, dastlabki neobutparastlik mafkurasini grek pravoslaviyesini qo‘llab-quvvatlashga, o‘z ramzlaridagi svastikani esa qadimiy grek bezaklarida uchraydigan meandr bezagiga o‘zgartirgan.

    “Oltin shafaq” a’zolari doim ko‘cha zo‘ravonligida: yahudiylar qabristonlaridagi qirg‘inlarda, futbol muxlislari janjallarida (2004-yilda Albaniya poytaxti Tiranadagi musobaqada Gretsiya terma jamoasi Albaniyaga 1:2 hisobida yutqazganidan keyin, Gretsiya bo‘ylab alban muhojirlariga qarshi zo‘ravonlik to‘lqini ko‘tarildi, oqibatda kamida bir kishi halok bo‘ldi), jurnalistlarga, jinsiy ozchiliklarga, muhojirlar va so‘l faollarga hujumlarda faol qatnashgan. So‘l faollar ko‘pincha ularga ham zo‘ravonlik bilan javob berar edi: “Oltin shafaq”ning hududiy bosh shtablari bir necha marta Molotov kokteyllari va portlovchi moddalardan foydalangan holda hujumlarga tutilgan.

    “Oltin shafaq” a’zolari ishtirokidagi ko‘cha zo‘ravonligi 2010-yillar boshida avjiga chiqqan va partiyaning siyosiy muvaffaqiyati cho‘qqisi, shuningdek, mamlakatdagi uzoq davom etgan chuqur iqtisodiy krizis davriga to‘g‘ri kelgan. 2010-yilda partiya birinchi marta saylovlarda g‘alaba qozonib, o‘z nomzodi — partiya yetakchisi Nikolas Mixaloliakos Afina shahar kengashiga saylanishiga erishdi, u esa kengashning ilk yig‘ilishlaridan birida hamkasb deputatlariga natsistlarga xos ishora bilan salom berdi. 2012-yilda esa “Oltin shafaq” Gretsiya parlamentida 21 ta deputat bilan ovozlarning qariyb 7 foizini to‘plab hamda mamlakatdagi uchinchi siyosiy kuchgan aylanib, birinchi marta umummilliy partiya bo‘ldi.

    Bundan tashqari, 2014-yilda “Oltin shafaq” Yevroparlamentda uchta o‘rinni qo‘lga kiritdi. Partiya faollari 2020-yilda o‘sha yillarda amalga oshirgan hujumlari uchun sudlandi: ular, xususan, Peramadagi misrlik baliqchilar yashagan uyga, kommunistik kasaba uyushmasi a’zolariga hujum qilgan, Afinada pokistonlik muhojirni o‘ldirgan.

    Ammo “Oltin shafaq”ning eng taniqli qurboni antifashist reper Pavlos Fissas bo‘lgan, shundan keyin hukumat partiya faoliyatini tekshirishga va uning rahbariyatiga qarshi jinoyat ishlariga jiddiy kirishgan. Reper 2013-yil sentabrida Afina tashqarisida futbol musobaqasidan keyin “Oltin shafaq” faollari guruhi bilan yuzaga kelgan to‘qnashuvda pichoq orqali berilgan ko‘plab jarohatlar oqibatida vafot etgan. Partiya faoliyatini yoritgan gretsiyalik jurnalist Yannis Babulias Meduza bilan suhbatda aytib berishicha, Gretsiya hukumatida bungacha ham “Oltin shafaq” bilan shug‘ullanish uchun ko‘plab sabablar bo‘lgan, ammo Fissasning o‘ldirilishini endi e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasdi: u mahalliy fuqaro bo‘lgan, grek bo‘lgan va bundan avvalgi boshqa qurbonlardan farqli ravishda, gavjum ko‘chada ko‘plab guvohlar ko‘z o‘ngida o‘ldirilgan. Fissasning o‘limi yuzasidan ko‘p o‘tmay “Oltin shafaq” a’zosi Yorgos Rupakias qo‘lga olingan.

    2013-yil sentabrida Nikolaos Mixaloliakos hamda “Oltin shafaq”ning yana bir nechta yuqori mansabli a’zolari va oddiy faollari jinoiy tashkilot tuzganlik, qotilliklar, hujumlar hamda tamagirlik va noqonuniy qurol saqlashgacha bo‘lgan boshqa ayblovlar ostida Gretsiya hukumati tomonidan hibsga olingan. Oradan bir yarim yil vaqt o‘tib, Mixaloliakosni sudgacha hibsda saqlashning maksimal muddati tugagach, uni uy qamog‘iga qo‘yib yuborishdi, so‘ng, 2015-yil aprelida “Oltin shafaq” ustidan bitta ishga birlashtirilgan qator da’volar bo‘yicha sud boshlanganidan keyin esa, Attika periferiyasini tark etmaslik haqidagi tilxat bilan qo‘yib yuborilgan.

    Aynan ochiqdan-ochiq e’lon qilingan “dohiylik tamoyili” keyinroq “Oltin shafaq”ning kichik a’zolariga sudda ayblovlarni partiya rahbariyatining qotilliklar va hujumlarni amalga oshirish haqidagi bevosita buyruqlaridan chalg‘itishga xalal berdi. Himoya advokatlari “Oltin shafaq”ning muhojirlarga va so‘l antifashist faollariga hujumlar bilan shug‘ullangan a’zolari o‘z tashabbusi bilan va partiyaning hukmron doiralaridan mustaqil holda harakat qilganini ta’kidlagan. Ayblov tomoni, tintuvlar chog‘ida musodara qilingan hujjatlarga asoslangan holda, “Oltin shafaq” rahbariyati barcha qo‘rqitish aksiyalari, hujumlar va qotilliklardan shunchaki xabardor bo‘lib qolmay, balki ularga bevosita ruxsat ham bergan.

    Jinoiy tashkilot tuzganlik haqidagi ish bo‘yicha sud boshlangan vaqtda ham partiya siyosiy faoliyatini davom ettirdi va hatto xalqaro aloqalarni ham yo‘lga qo‘yaverdi, xususan Rossiya bilan: partiyaning 2015-yilgi dasturida birinchi navbatda Xitoy, Eron va Rossiya bilan iqtisodiy sherikliklar tuzish haqidagi band bor. 2015-yil martida “Oltin shafaq”ning ikki vakili, yuqori mansabli iste’fodagi harbiylar Peterburgdagi “Rus konservativ forumi”ga tashrif buyurdi. Ular partiya ishi bo‘yicha sudlanmayotgan edi. Ammo Gretsiyadagi Rossiya diplomatik vakolatxonasining Afinada ishlagan xodimi Georgiy Gavrish hamda “Yevrosiyo harakati” faoli Aleksandr Duginning “Shaltay-Boltay” xakerlar guruhi tomonidan buzib ochilgan pochtasidan ma’lum bo‘lishicha, Italiyaning “Yangi kuch” o‘nglar partiyasi yetakchisi va “Konservativ forum” ishtirokchilaridan yana biri Roberto Fiore “pravoslav oligarx” Konstantin Malofeyevgning safdoshi Aleksey Komovga sudgacha bo‘lgan hibsda saqlanayotgan “Oltin shafaq” a’zolariga huquqiy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan. Bu iltimosga qanday javob olingani noma’lum, biroq “Oltin shafaq” boshqa Yevropa o‘ng partiyalari va harakatlari bilan birgalikda yevrodeputatlarning va Yevropa mamlakatlari hukumatlarining turli darajalaridagi o‘ng konservativ kuchlarning rossiyaparast koalitsiyalarida faol qatnashdi.

    Ammo 2010-yillar o‘rtalarida, partiya rahbariyati ustidan sud boshlanganidan keyin “Oltin shafaq”ni siyosiy qo‘llab-quvvatlash darajasi muttasil tushib bordi. 2012-yildan keyingi saylovlarda “Oltin shafaq”Gretsiya parlamentidagi deputatlarini yo‘qota boshladi, 2019-yilda esa barcha o‘rinlarni boy berdi, shuningdek, Yevroparlamentdagi vakillaridan ham ayrildi. 2020-yil 7-oktabr kuni partiya sud hukmi bilan batamom barbod etildi va aslida mavjud bo‘lishdan to‘xtadi — ammo bu uning saylovchilari va g‘oyalari shunchaki g‘oyib bo‘ldi degani emas, dedi Yannis Babulias. 2010-yillar boshida “Oltin shafaq”ning kuchayishida rol o‘ynagan barcha omillar — iqtisodiy krizis davom etayotgan bir paytda ishsizlik darajasining yuqori bo‘lishi, jamiyatdagi immigrantlarga qarshi kayfiyat va boshqalar 2020-yilda hech qayoqqa ketgani yo‘q, dedi u. “Oltin shafaq”ning nisbatan kuchsiz radikal elementlari meynstrim o‘ng partiyalarda: yetakchisi Kiriakos Mitsotakis 2019-yildan buyon Gretsiya bosh vaziri bo‘lib kelayotgan hukmron o‘ng markazchi “Yangi demokratiya”, 2016-yilda tuzilganiga qaramay, milliy parlamentda o‘nta, Yevroparlamentda bitta o‘ringa ega bo‘lgan muxolifatchi o‘ng natsionalistik “Grekcha qaror” partiyasiga singib ketdi.

    Ammo Meduza’ning hamsuhbatida “Oltin shafaq”ning zo‘ravonlik aksiyalariga tayyor turgan eng radikal a’zolari xavotir uyg‘otmoqda. Babuliasning aytishicha, ularning politsiya, armiya va boshqa kuch tuzilmalari saflariga o‘tib ketganligi xavfi bor. Gretsiyada har qanday, hatto eng radikal o‘ta o‘ng partiyaga ovoz berishga tayyor bo‘lgan grek elektorati soni, Babuliasning hisob-kitoblariga ko‘ra, yarim millionga yaqin (mamlakatda jami qariyb 11 million kishi yashaydi). “Oltin shafaq”ning yakson qilinishi esa bu raqamga hech qanday ta’sir o‘tkazmadi, deb hisoblaydi u.

    Shunga qaramay, “Oltin shafaq” ishi bo‘yicha ayblov xulosasini Gretsiya hukm chiqarilgan kuni sud zali yonidagi ko‘p ming kishilik namoyishlar bilan qarshi oldi. Pavlos Fissasning o‘limida “Oltin shafaq” a’zosi Yorgos Rupakias aybdor deb topilgani ma’lum bo‘lgach, sud binosi yonidagi olomon bu yangilikni shod-xurramlik va olqishlar bilan kutib oldi. Barcha sud majlislariga qatnashgan reperning onasi esa “Pavlos, sen buni uddalang!” degan hayqiriq bilan jurnalistlar qarshisiga chiqdi.

    Τα κατάφερε!#ΔενΕιναιΑθωοι

    https://t.co/NpuezyrTZo

    — Nina Reizi  (@ninarei) October 7, 2020

    Sud ishini yakunlashga va ayblanuvchilar uchun qamoq muddatlarini belgilashgan sud yana bir necha kun sarflashi kutilmoqda.

    13.10.2020, 11:10   Izoh (0)   9798
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Niderlandiyada koronavirusga qayta chalingan odam vafot etdi, bu dunyodagi birinchi shunday holatdir

    13.10.2020, 10:27

    Boku Yerevanni Ganja shahriga ballistik raketa bilan zarba berganlikda aybladi

    13.10.2020, 07:54

    Oq uy tomonidan beriladigan yordam evaziga 200 dan ortiq kompaniya Donald Trampga bir necha million dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi

    13.10.2020, 07:43

    Pekinga bir kunda 500 nafardan ortiq odamning kirishi taqiqlandi

    13.10.2020, 07:01

    Avstraliyalik olimlar koronavirus qog‘oz pullarda 28 kun saqlanib qolishini aniqladi

    12.10.2020, 21:11

    Tog‘li Qorabog‘ mojarosi: Ozarbayjonning Ganja shahridagi raketa zarbasi oqibatlari — suratlarda

    12.10.2020, 17:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin: “Rossiya va O‘zbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi”

    O‘zbekiston | 19 iyun, 12:16

    Meksikaga “Erik” to‘foni yopirildi

    Dunyo | 19 iyun, 12:02

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:52

    Raqobat qo‘mitasi aldamchi konsalting firmalaridan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:40

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.