Pxenyanda hukmron Koreya Ishchilar partiyasi tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan kechki parad tashkil etildi. U mamlakat tarixidagi eng yirik tadbir bo‘lishi kutilgan edi. Paradda yangi o‘ta og‘ir qit’alararo va suvosti ballistik raketalari namoyish qilindi. 

KXDR yetakchisi Kim Chen In harbiylar va o‘n minglab tomoshabinlar qarshisidagi chiqishi vaqtida fuqarolarning vatanparvarligi tufayli mamlakatda COVID-19 virusini yuqtirganlar yo‘qligini aytdi. “Yurtimizda birorta ham odam zararlanganlar bilan aloqaga kirishmagan”,— deya ta’kidladi u. Tashrif buyuruvchilarning hech birida tibbiy niqob yo‘q edi. Shu bilan birga, Kim Chen In kutilmagan tarzda iliq so‘zlar bilan Janubiy Koreyaning kasallik tarqalishiga qarshi kurashida omad tilab, “bizning sevimli janubiy koreyalik o‘rtoqlarimiz”, deb qo‘shimcha qildi hamda nutqida, umuman, Amerika Qo‘shma Shtatlarini tilga olmadi.

“Men butun dunyoda ushbu yovuz virus bilan kurashayotgan odamlarga sog‘lik-salomatlik tilab qolaman”, — deydi KXDR rahbari.

Uning chiqishini omma tantanali ruhdagi hayqiriqlar bilan qarshi oldi. Shimolliklar yetakchisi ularga qo‘l silkitib gullar qabul qildi.

Seul manbalarining xabar berishicha, parad aslida shanba kuni saharda bo‘lib o‘tgan va “jonli efir” yozib olinib ko‘rsatilgan. Janubiy Koreya qarorgohi bosh qo‘mondonligi aynan o‘sh mahalda harbiy paradning alomatlari, shu jumladan, Kim Ir Sen maydonida odamlar va harbiy texnikalarning yig‘ilishini payqagan.

Kuzatuvchilar kutganidek, KXDR rasmiylari ushbu paraddan o‘zlarining harbiy qudratini dunyoga namoyish etish uchun foydalangan. Kamida to‘rtta transport Kim Chen In va boshqa yuqori mansabdor shaxslar bo‘lgan minbar yonidan yurib o‘tayotganida ularning har birida yangi, ilk marta namoyish etilgan qit’alararo ballistik raketani ko‘rish mumkin edi. Harbiy mutaxassislarning ta’kidlashicha, raketa, agar u haqiqatan ham amaliyotga jalb etilsa, dunyodagi eng yirik mobil ballistik raketalardan biriga aylanadi. “Bu raketa — bu haqiqiy maxluq”, — deydi “Open Nuclear Network” kompaniyasi direktori o‘rinbosari Melissa Hanham.

Shuningdek, paradda birinchi marta 2017-yilda sinovdan o‘tgan va nazariy jihatdan AQShning istalgan nuqtasiga parvoz qilishga qodir “Xvason-15” va suvosti kemalaridan uchirilishi mumkin bo‘lgan “Pukkykson-4A” raketasi ham namoyish etildi.

Aytish kerakki, 2018-yildan beri Shimoliy Koreyaning harbiy paradlarida ballistik raketalar bo‘lmagan edi. O‘shanda Kim Chen In va Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari va KXDR o‘rtasidagi birinchi sammitda Pxenyanning yadroviy qurolsizlanishi mavzusida muzokara o‘tkazgan. Ammo o‘tgan yilning fevralida ikki mamlakat o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qoldi, kelishuvga erishilmadi va Shimoliy Koreya o‘shandan beri raketalarini sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda. 2020-yilda KXDRning Janubiy Koreya bilan munosabatlari avvalgi yaqinlashishga urinishlaridan keyin yomonlashgan.

Reuters nashri ushbu parad suratlarini chop etdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters