“Barselona” hujumchisi Ansu Fati Ispaniya La Ligasining sentabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchi deb topildi.
17 yoshli futbolchi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib chiqdi. Fati faoliyati mobaynida ilk bor ushbu sovringa ega chiqdi.
Fatidan tashqari oyning eng yaxshi o‘yinchi nomiga Luis Suares (“Atletiko”), Yago Aspas (“Selta”), Serxio Kanales (“Betis”), Mikel Merino (“Real Sosyedad”), Xose Luis Morales (“Levante”) va Luis Milya (“Granada”) kabi futbolchilar da’vogarlik qilgandi.
Fati sentabr oyida bitta o‘yin o‘tkazdi. “Vilyarreal”ga qarshi bahsda u ikkita gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)