• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Erta turmush qurgan va 16 yoshida ona bo‘lgan Bollivud yulduzlari (foto)

    Bir vaqtlar Hindistonda erta turmush qurish avj olgan edi. 13 yashar Mahatma Gandining ota-onasi uni tengdoshi Kasturbaga uylantirib qo‘ygan. Keyinroq Gandi mavjud tizim bolalar ekspluatatsiyasiga sabab bo‘lishini tushunib yetgan va qizlarni 14, yigitlarni 18 yoshda turmush qurishiga asoslangan qonun loyihasini qabul qilgan. 1978-yilda qonunga o‘zgartirish kiritilgan va turmush qurish yoshi yigitlar uchun 21, qizlar uchun 18 yosh etib belgilangan. Bollivud yulduzlari orasida ham erta turmush qurgan va ona bo‘lgan ayollar yo‘q emas. “Yandeks Dzen” platformasida erta farzandli bo‘lgan mashhur ayollar kimlar ekaniga to‘xtab o‘tildi.

    Dimpl Kapadiya

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dimpl Kapadiya 1973-yilda 15 yoshida Bollivud yulduzi 31 yashar Rajesh Khannaga turmushga chiqqan.“Bobbi” filmining suratga tushish jarayonida Dimpl qizi Tvinklga homilador bo‘lgan. Rishi Kapur 2015-yilda Tvinkl Khannani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, quyidagicha tvit yozgan:

    “Tug‘ilgan kuning bilan tabriklayman, azizam! “Bobbi” filmida onangga serenada kuylaganimda sen uning qornida bo‘lgansan”.

    Dimpl va Rajeshni “Bobbi” filmining suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin turmush qurgan, deb hisoblagan muxlislar Rishining bunday tabrigida keyin ajablana boshlagan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Keyinchalik Rishi, Rajesh va Dimpl “Bobbi” ning suratga olinishidan avval turmush qurgani va bu vaqtda aktrisaning uch oylik homilasi bor bo‘lganini ta’kidlab, oydinlik kiritgan. Dimpl 16 yoshida, turmush o‘rtog‘ining tug‘ilgan kunida ona bo‘lgan. Ikkinchi qizini esa 20 yoshida dunyoga keltirgan.

    Krishna Kapur

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Raj Kapur 21 yoshida 16 yashar Krishnaga uylangan. To‘y 1946-yilda bo‘lib o‘tgan, kelasi yil esa ularning oilasida o‘g‘il farzand Randxir dunyoga kelgan. 30 yoshdan oshganda Krishna 5 farzand: Randxir, Rishi, Ranjiv hamda ikki qizi Rima va Ritaning onasi bo‘lgan.

    Asha Bxosle

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Xonanda Asha opasi Lata Mangeshkarning shaxsiy kotibi Ganpatrao bilan qochib ketganida 16 yoshda bo‘lgan. Ularning yashirin unashtirilgani Mangeshkar oilasini g‘azablantirgan, ular qarshilik qilgan. Lata Ashidan voz kechgan, uning farzand kutayotgani ma’lum bo‘lganidan keyingina oilaviy munosabatlar yumshagan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Asha 16 yoshida Xemantani dunyoga keltirgan. Keyin Anand va Varsha tug‘ilgan, ammo uch farzand oilani saqlab qolishga sabab bo‘la olmagan. Asha farzandlarini olib, erini tark etgan va oradan vaqt o‘tib boshqa turmush qurgan.

    Saroj Xon

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Mashhur raqslar muallifi Saroj Xon 13 yoshida xoreograf Sohanlal bilan turmush qurgan. Bu vaqtda uning eri bir necha marta turmush qurgan, ammo Saroj bundan bexabar bo‘lgan. 17 yoshida 3 nafar farzandi bo‘lgan Saroj turmush o‘rtog‘ining oilasi va 4 farzandi borligidan xabar topgan. Nohaqlikka chiday olmaganidan keyin ajrashgan va o‘zini ijodga bag‘ishlagan. Oradan bir necha yil o‘tib boshqa oila qurgan Saroj hozirda Dubayda raqs institutini boshqarayotgan qizi Sukanya Xonni dunyoga keltirgan.

    Mavzuga doir:

    • Bollivudning eng mustahkam va namunali oilalari (foto)
    • Ota-onasi bilan bir filmda suratga tushgan Bollivud yulduzlari
    • Bollivuddagi taniqli oilalarga kuyov bo‘lgan hind aktyorlari (foto)
    • Bollivudda bir kun: Hind kinolarini sevib qolishga undaydigan eng yaxshi 10 ta film (video)
    • Aktyorlar o‘rtasidagi muhabbat, Akshay Kumar bilan kelishmovchilik. Yash Raj Films kinokompaniyasi haqida nimalarni bilamiz?
    • Aytgan gapida turmaydigan, “va’daboz” Bollivud yulduzlari

    11.10.2020, 21:42   Izoh (0)   127603
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Alisher Rahmatullayev va Jasur Umirov janjali, “Quvnoqlar va zukkolar” boshlovchisi uylandi, farzandli bo‘lgan xonanda

    10.10.2020, 22:50

    Instagram: Shirinning baxtli kuni, kasal bo‘lgan Mavluda Asalxo‘jayeva, Ozoda Nursaidovaga syurpriz tayyorlagan “GAI” xodimlari

    09.10.2020, 22:57

    Kadir Dogulu oilaviy munosabatlar haqida gapirdi, “istanbullik kelin” — Asli Enver savollarga javob berdi. Turk kinosi yangiliklari (foto)

    09.10.2020, 21:58

    Sarvqomatlar taomnomasiga nazar: Naomi Kempbell va boshqa modellar kechki ovqatga nima yeydi?

    09.10.2020, 17:22

    Instagram: 16 yoshli Ozoda Nursaidova, Shohjahon kimni “chalamulla” degan edi? Shahlo yangi biznes boshladi

    08.10.2020, 22:45

    60 yoshda 20 yoshdek ko‘rinish mumkinmi? Yosh shunchaki raqam ekanini isbotlovchi yulduzlar (foto)

    08.10.2020, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya va Fransiya AQSHga qarshi “qat’iy choralar” tayyorlamoqda — FT

    Dunyo | 23 iyul, 19:19

    Meva-sabzavot yetishtirishda imtiyozli moliyalashtirishni joriy etish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:00

    Suriya prezidentiga so‘nggi yetti oyda uch marta suiqasd uyushtirilgan — OAV

    Dunyo | 23 iyul, 18:55

    Vitaliy Denisov: “Fayzullayevning transferi ‘SSKA’ga ham, futbolchining o‘ziga ham foydali”

    Sport | 23 iyul, 18:54

    Toshkentdagi svetoforlar holatini xaritada onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:45

    Namanganda sigir uy oldida o‘ynayotgan bolakay va uning onasini suzib, jarohat yetkazdi (video)

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:25

    Nima uchun kechasi bosh “yorilguday” og‘riydi? Shifokor izohi

    Layfstayl | 23 iyul, 18:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.