Xitoyning Vivo kompaniyasi Ifea — yechiladigan kamerali smartfon prototipini ishlab chiqdi. Bu haqda Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikkita obyektivdan iborat kamera moduli, Vivo Ifea konseptual smartfonining yuqori qismidagi magnitga biriktiriladi. Undan frontal kamera sifatida yoki korpusdan yechgan holda alohida foydalanish mumkin.
https://youtu.be/Abpi7koE6w4
Smartfonning o‘zida ham kamera mavjud bo‘lib, u qurilmaning orqa, yuqori qismida joylashgan va yechilmaydi. Ekshn-kamera sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan modul ovoz orqali ham boshqariladi.
Konsept sifatida taqdim qilingan modelning sotuvga chiqarilishi aniq bo‘lmasa-da, kompaniya dizayn sohasidagi yutug‘i sabab Red Dot Design Award mukofotini qo‘lga kiritgan, deyiladi xabarda.
Izoh (0)