Apple kompaniyasi jurnalistlarga yangi taqdimot marosimiga taklifnoma jo‘natdi. Taqdimot marosimi 13-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Taqdimot marosimida aynan nima ko‘rsatilishiga kompaniya rasman aniqlik kiritmagan. Ko‘pchilik tahlilchilar Apple’ning yangi ayfonlarni ko‘rsatishini taxmin qilmoqda.
https://twitter.com/sult/status/1313510351883956226
The Wall Street Journal tahlilchisi Joanna Stern taklifnoma matni ayfonlarning ish samaradorligi, 5G tezligi va nisbatan tezroq quvvatlash moslamasi taqdim etilishiga ishora qiladi.
Sentabr oyi boshida insayderlar 2020-yilda Apple birinchi marta bir vaqtning o‘zida to‘rtta model — 5,4 va 6,1 diagonalli ikkita iPhone 12 hamda 6,1 va 6,7 dyuymli ikkita iPhone 12 Pro smartfonlarini taqdim etishini ma’lum qilgan edi.
15-sentabr kuni Apple taqdimot o‘tkazib, yangi soatlar, aypadlar hamda kompaniyaning barcha servislariga yangi yagona obunani taqdim etgan edi.
Izoh (0)