• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Gadjetlar

    Android 11 tizimli ilk smartfonlar – Pixel 5 hamda Pixel 4a 5G chiqdi (video)

    Qidiruv giganti — Google avgustning boshida Pixel 4a smartfonini taqdim etganida keyinroq uning 5G versiyasini ham chiqarishini aytgan edi. 3-oktabr kuni  Pixel 4a 5G hamda mutlaqo yangi Pixel 5 smartfonlari namoyish etildi. “Terabayt.uz” smartfonlar haqida batafsil tahlilni chop etdi.

    Foto: Pixabay

    Bu ikki model qadog‘idanoq Android 11 operatsion tizim talqini bilan taqdim etilgan ilk smartfonlardir. Ularning afzalliklari qatorida yana ixchamligi va OLED-ekranga ega ekanligini ta’kidlash mumkin. Qolgan jihatlariga ko‘ra ular… oddiy, o‘rtacha smartfonlar bo‘lib chiqdi, hattoki Google Pixel 5 modeli ham flagman xususiyatlariga ega emas!

    Umumiy jihatlari

    Pixel 4a 5G modeli ham, Pixel 5 ham Qualcomm Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Mazkur chipset samaradorlik bo‘yicha rekordga da’vo qilmaydi, ammo beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi Snapdragon X52 modemini hamda Titan M xavfsizlik modulini o‘zida jamlagan.

    Google bu ikkita smartfonini ayni bir xil kameralar jamlanmalari bilan ham ta’minlagan. Bosh kamera qo‘shaloq bo‘lib, undagi 12,2 megapikselli asosiy sensor fazaviy fokuslash hamda qo‘shma (optik va elektron) barqarorlashtirish tizimlariga ega. Bu datchikka difragmasi F/1,7 hamda ko‘rish burchagi 77 darajali obyektiv biriktirilgan. Ikkinchi modul esa 16 megapikselli aniqlikka ega; unda F/2,2 diafragmali va ko‘rish burchagi 107 darajali obyektiv qo‘llanilgan.

    Pixel 5

    Pixel 5
    Foto: Pixabay

    Pixel 4a 5G hamda Pixel 5 smartfonlarining old kameralari 8 megapikselli; unga F/2,0 diafragmali va ko‘rish burchagi 83 daraja bo‘lgan obyektiv biriktirilgan. Selfi-kamera soniyasiga 30 kadr tezligida Full HD video yoza oladi; bosh kamera 60 kadr/soniya tezligida 4K-video yozib olishga qodir.

    Ikkala modelning mushtarak jihatlaridan yana quyidagilarni sanab o‘tish kerak: 128 gigabaytli doimiy xotira; stereofonik karnaylar; 18 vattli tezkor quvvatlash; USB 3.1 Gen 1 Type-C porti; Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 5.0+LE hamda NFC modullari.

    Farqlari

    Pixel 5 modelining OLED-ekrani diagonaliga 6 dyuym bo‘lib, 2340x1080 pikselli aniqlikda tasvir uzata oladi. Kadr yangilanish chastotasi 90 gers bo‘lgan displey yuzasiga Gorilla Glass 6 himoya shishasi yotqizilgan.

    Pixel 4a 5G smartfonida ham OLED-matritsa qo‘llangan, lekin uning o‘lchami diagonaliga 6,2 dyuymga teng. Displeyning chastotasi oddiy, tasvir uzatish formati 2340x1080 pikselli; uning muhofazasi uchun Gorilla Glass 3 shishasi qo‘llangan.

    Pixel 4a 5G

    Pixel 4a 5G
    Foto: Pixabay

    Har ikkala smartfonda ham tezkor xotira uchun LPDDR4 toifali chiplar qo‘llangan, lekin Pixel 5 modelida uning hajmi 8 gigabayt bo‘lsa, Pixel 4a 5G devaysida 6 gigabayt.

    Pixel 5 modelining alyuminiydan ishlangan korpusi IP68 darajasida himoyaga ega. Google unga uchta mikrofon o‘rnatgan, biroq 3,5 millimetrli standart quloqchin tirqishi qo‘ymagan. Smartfonning 4000 mA/soatli akkumulyatoriga simsiz quvvatlanish va reversiv zaryadka (boshqa devayslarga quvvat berish) texnologiyalari joriy etilgan.

    Pixel 4a 5G korpusi esa polikarbonatdan ishlangan, unda ikkita mikrofondan tashqari standart quloqchin tirqishi ham qo‘llangan. Bu smartfonning 3800 mA/soatli batareyasida simsiz quvvatlanish xususiyati yo‘q.

    Pixel 5 korpusining o‘lchamlari 144,7x70,4x8,0 millimetrli bo‘lib, 151 gramm tosh bosadi. Pixel 4a 5G modelida esa bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 153,9x74,0x8,2 millimetr va 168 grammga teng.

    Bu ikki smartfonga bag‘ishlab quyida rasmiy videolavha tayyorlandi:

    Yevropa bozorida Pixel 5 uchun 630 yevro so‘rashadi, AQShda esa uni 700 dollardan sotishadi. Pixel 4a 5G esa ushbu bozorlarda tegishlicha 500 yevro hamda 500 dollarga baholangan. Har ikkala smartfon uchun allaqachon oldindan buyurtmalar olinmoqda, ularning ochiq savdosi esa 15-oktabrdan boshlanadi.

    Mavzuga doir: Barcha yangi iPhone 12’lar narxi oshkor qilindi

    04.10.2020, 21:40   Izoh (0)   19474
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Barcha yangi iPhone 12’lar narxi oshkor qilindi

    04.10.2020, 14:32

    Xiaomi ekrani 144 gerts va Snapdragon 865 o‘rnatilgan hamyonbop Mi 10T flagmanlarini taqdim etdi

    01.10.2020, 14:59

    iPhone 12 Pro Stiv Jobsning birinchi kompyuteriga aylantirildi

    29.09.2020, 12:58

    Eng antiqa anboksing: Suv tubida Galaxy S20 FE qadog‘ini ochgan holda ishlatib ko‘rsatishdi (video)

    28.09.2020, 11:27

    Samsung flagmanlarga xos texnik jihatlarga ega Galaxy S20 FE modelini taqdim etdi

    25.09.2020, 17:46

    Hindistonda 50 dollarlik Android smartfonlar ishlab chiqariladi. Bu Xitoy kompaniyalariga jiddiy raqobat tug‘dirishi mumkin

    24.09.2020, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.