Yoshlikni yodga olish maqsadida 20 yil avval urfda bo‘lgan 14 ta aksessuarni taqdim etamiz. Ularning hech bo‘lmaganda bir donasi, albatta, sizda ham bo‘lgan. Eslay olasizmi? Marhamat, zavqlanish vaqti keldi.

Romsiz ingichka ko‘zoynak

Foto: Cosmopolitan

Bunday ko‘zoynak yulduz Britni Spirs tomonidan taqdim etilganidan so‘ng moda ixlosmandalari tomonidan yaxshi qo‘llab-quvvatlandi va asosan rangli ko‘zoynaklar zamonaviy deb topildi.

“Kayfiyat” uzugi

Foto: Cosmopolitan

Sehrli tarzda rangini o‘zgartiradigan g‘ayrioddiy uzuklar bir zumda qizlar va hatto o‘g‘il bolalar orasida ham ommalashdi. Shubhasiz, sizda ham kamida ikkitasi bo‘lgan.

Smaylik-ziraklar

Foto: Cosmopolitan

Ushbu ramziy ziraklar nafaqat yoshlarning, balki kattalarning ham sevimli taqinchog‘iga aylangan.

“In-Yan” va “Osoyishta” taqinchog‘i

Foto: Cosmopolitan

O‘sha paytning barcha zamonaviy yoshlarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aksessuar.

Kapalak qisqichlar

Foto: Cosmopolitan

Faqat ularning yordami bilan onalar turli xil soch turmagini yaratgani yodingizdami?

Bindi yopishtirgichi

Foto: Cosmopolitan

Bindi yopishtirgichlar Gven Stefand tomonidan ommalashtirildi, shundan so‘ng ko‘pchilik hind ayollari kabi yuziga undan yopishtirishni odat qildi.

Delfin ziraklar

Foto: Cosmopolitan

Yaltiroq va nihoyatda chiroyli zirak o‘sha yillari deyarli barcha qizlarnig fikri-xayolini egallagan.

Yelim soatlar

Foto: Cosmopolitan

Hali uyali aloqalar bo‘lmagan bir davrda soat har kim uchun ahamiyatli aksessuar edi.

“Tatu” bezak

Foto: Cosmopolitan

“Tatu“ bezaklarni hamma taqib yurgan: “yomon” qizlardan “aqlli” qizlargacha. Bunday aksessuarni yoddan chiqarish mumkin emas.

Qanddan yasalgan marjon va bilaguzuk

Foto: Cosmopolitan

Tan olish kerak, bularni hamma yaxshi ko‘rgan. Ayniqsa, onalardan yashirincha uni yeb qo‘yish ham uchrab turgan.

Shishasimon uzuklar

Foto: Cosmopolitan

Yana ularning yurak, yulduz va multfilm qahramonlari shaklidagilari ham urfda edi.

Munchoqli taqinchoq

Foto: Cosmopolitan

Munchoq naqshlari va ranglarining ketma-ketligi ko‘plab qizlar uchun haqiqiy sir edi.

Uzuk-soatlar

Foto: Cosmopolitan

Bunday aksessuarni bolaligida orzu qilmaganlar topilmasa kerak.

Oyoq barmoqlari uzugi

Foto: Cosmopolitan

Shunga qaramay, 20-25 yil avval ham g‘alati aksessuarlar bo‘lgan.