Fotosuratchi va musiqa o‘qituvchisi Jeffri Vango suratga olgan olovrang olmaxonning kichik royalni chalayotgani aks etgan suratlar Facebook foydalanuvchilarini lol qoldirdi.
Shotlandiyaning Carnie Woods o‘rmon-qo‘riqxonasida o‘tkazilgan fotosessiyada suratchi olmaxonning e’tiborini tortish uchun funduq yong‘og‘idan foydalangan.
Hayvonning royal ichiga solingan yong‘oqni olmoqchi bo‘lishga urinishlari esa kadrda xuddi o‘rmon o‘rtasida royalda musiqa chalayotgandek ko‘ringan.
Ijtimoiy tarmoqqa yuklangan surat bir qancha ijobiy izohlar yozib qoldirilishiga sababchi bo‘lgan.
https://www.facebook.com/media/set/?set=ms.c.eJw1ycENACAIA8CNjNBKu%7E%3B9kJIrPyxlQpZLbJrE8FjOkGjuuS%7E%3B%7E%3Bx%7E%3BjSdCAzo.bps.a.833762660755116&type=1
Foydalanuvchilar kadrlarni ertaklardagidek maftun qiladigan va qoyilmaqom ekanini bildirgan.
Izoh (0)