Qo‘shiqchi Ledi Gaga nafaqat ijodi, balki tadbir va konsertlardagi o‘ziga xos uslubda kiyinishi bilan ham boshqalardan ajralib turadi. MTV—Video Music Awards taqdirlash marosimi ham xilma-xil liboslar bilan muxlislarini hayratga soladigan xonanda uchun istisno bo‘lmadi. Ushbu marosimda ijodkor naq to‘qqizta kiyimda namoyon bo‘ldi. Ledi Gaganing mazkur futuristik uslubdagi liboslarining mos himoya niqobi bo‘lgan, deb yozadi Harper’s Bazaar.

“O‘zingizni seving, atrofdagilarga marhamatli bo‘ling, niqob taqishni unutmang”, — degan xonanda nutqi davomida. Quyida Ledi Gaganing marosimdagi liboslari suratlaridan ayrimlari bilan bo‘lishamiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Kosmonavt obrazida namoyon bo‘lish uchun Area’ning kumushrang kurtkasi, Muscarella’ning shaffof akvariumni esga soladigan shlemi va Pleasers’ning platformali, baland poyabzalidan foydalangan.

Foto: Harper’s Bazaar

Disney malikalariniki singari ko‘​rinishga ega bo‘lgan yashil libos Christoper John, himoya niqobi esa Lance V Moore tomonidan taqdim qilingan.

Foto: Harper’s Bazaar

Candice Cuoco’ning folga qog‘ozidan tikilgan plashi, Manuel Albarran’ning taqinchog‘i, Maisonmet’ning himoya niqobi va Valentino’ning kumushrang bodisi bilan xonanda qor malikasi obrazini yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Harper’s Bazaar

O‘ziga xos ranglar umumlashmasidan iborat mazkur ko‘ylak Iris van Herpen’ga, ultrabaland poshnali qora poyabzal esa Pleasers’ga tegishli.

Foto: Harper’s Bazaar

Bo‘yindan oyoqqacha butun qismi zar bilan qoplangan bodi va oq patli palto muallifi Valentino hisoblanadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Ushbu obrazda esa Ledi Gaga BCalla’ning futuristik kombinezoni, Edward Avedis’ning kamari va Saint Laurent’ning oyoq kiyimida namoyon bo‘lgan.