“Manchester Yunayted” nima sababdan “Borussiya D” yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni sotib olishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi.
The Guardian xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” angliyalik futbolchi uchun umumiy xarajatlarni, taxminan, 250 million yevroga baholagan. Ushbu mablag‘ ichida “Borussiya”ga to‘lanishi kerak bo‘lgan summadan tashqari, agentlar ulushi va futbolchining maoshi ham bor.
Manchesterdagilar esa koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz sharoitida bunday pulni to‘lash noo‘rin deb hisoblagan.
Qayd etish joiz, Sanchoning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar butun yoz davomida tinmadi. Hatto uning “qizil iblislar” bilan shaxsiy kelishuvga erishgani ham xabar qilindi. Biroq yakunda Jeydon “Borussiya”da qoldi. Uning “arilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)