O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Jenoa”da o‘ziga raqam tanladi.
Futbolchi genuyaliklar safida 61-raqam ostida harakat qiladi. E’tiborli jihati, 61 — Rostov viloyatining raqamli kodi hisoblanadi.
Eldorning sobiq jamoasi “Rostov” bunga o‘z munosabatini bildirdi.
“Men har doim ‘Rostov’ muxlisi bilan qolaman”, — Eldor Shomurodov shu so‘zlar bilan klubimiz bilan xayrlashgandi.Avvalroq Shomurodov “Jenoa”da 9-raqam ostida to‘p surishi mumkinligi aytilgandi.Hozir esa u bizni unutmagan holda “Jenoa”da o‘ziga yangi raqam tanladi. 61 — Rostov viloyatining regional kodi hisoblanadi. Eldor endi aynan shu raqamda harakat qiladi”.
“Rostov” matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” 4-oktabr kuni Shomurodov transferini e’lon qildi. Shundan keyin futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga kelgan va hozirda terma jamoa bilan Toshkentda bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)