Portugaliya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi kechadigan o‘rtoqlik uchrashuvi, shuningdek, Millatlar Ligasi doirasida o‘tadigan Fransiya va Shvetsiyaga qarshi bahslar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Portugaliya 7-oktabr kuni Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Fransiyaga qarshi o‘yin 11-oktabrga mo‘ljallangan, Shvetsiya bilan bo‘ladigan uchrashuv 14-oktabrga belgilangan.
Yig‘inga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishing:
Darvozabonlar: Antoni Lopesh (“Lion”), Ruy Patrisiu (“Vulverhempton”), Ruy Tiagu Silva (“Granada”).
Himoyachilar: Joau Kanselu (“Manchester Siti”), Nelson Semedu (“Vulverhempton”), Joze Fonte (“Lill”), Pepe (“Portu”), Ruben Diash (“Manchester Siti”), Ruben Semedu (“Olimpiakos”), Mariu Ruy (“Napoli”),
Yarim himoyachilar: Rafael Gerreyru (“Borussiya D”), Danilu Pereyra, Serjiu Oliveyra (ikkisi “Portu”), Ruben Nevesh, Joau Moutinyu, Daniel Podense (barchasi “Vulverhempton”), Vilyam Karvalyu (“Betis”), Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”), Renatu Sanshesh (“Lill”), Rafa Silva (“Benfika”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Diogu Jota (“Liverpul”), Fransishku Trinkau (“Barselona”), Joau Felish (“Atletiko”).
Hujumchilar: Andre Silva (“Ayntraxt”), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”).
- Fernandu Santush: Ronaldu vaqti kelganini sezsa, o‘zi ketadi
- Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida 100 va 101-gollarini urdi. Ali Dayining rekordiga qadar oz qoldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)