Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli ayol 29-sentabr kuni o‘ziga o‘t qo‘yib, halok bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, marhum ikki yarim yil muqaddam sotib olingan uyidan majburan chiqarmoqchi bo‘lgan MIB xodimlariga shu tariqa o‘z noroziligini bildirgan, deya xabar beradi “Kun.uz”.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

Ma’lum bo‘lishicha, u firibgarlik qurboni bo‘lgan – uning onasiga uyni 13 ming dollarga aldab sotgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan, uyning asl egasi esa mulk o‘ziga qaytarilishi uchun sudga murojaat qilgan.

“Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019-yil 8-oktabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi J.A. foydasiga javobgar M.D. va uning oila a’zolarini Namangan shahridagi xonadonlardan biridan majburiy tartibda ko‘chirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo‘yicha byuroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan ish yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Javobgar M.D. va uning oila a’zolariga nizoli uydan chiqib ketishlari kerakligi tushuntirilib, ijro hujjati talabi bajarilmagan taqdirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-1-moddasiga (qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) asosan jarima jazosi qo‘llanishi hamda majburiy tartibda ko‘chirilishi to‘g‘risida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan 2019-yil 6-dekabrda ogohlantirish xati berilgan.

Qarzdor M.D. va uning oila a’zolari davlat ijrochisining og‘zaki va yozma ogohlantirishiga qaramasdan sudning ijro varaqasida ko‘rsatilgan xonadonni bo‘shatishdan bo‘yin tovlagani uchun davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatib o‘tilgan manzildan 2019-yil 12-dekabr kuni ko‘chirish harakatlarini majburiy ijro etish tayinlanib, bu haqida qarzdorning o‘zi va tegishli tashkilotlarga ma’lum qilingan.

Biroq javobgar M.D. tomonidan kassatsiya tartibida shikoyat keltirilgani sababli yuqoridagi qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatish haqidagi sudning ajrimi qabul qilingan va ijro harakatlari to‘xtatilgan. Shundan so‘ng sud ajrimi bilan kassatsiya shikoyatini qabul qilish rad qilingan va ijro harakatlari davom ettirilgan.

Mazkur xonadonga 2020-yilning 11-mart kuni majburiy ijro harakatlarini o‘tkazish uchun tegishli tashkilot xodimlari va xolislar ishtirokida borilganda qarzdor M.D. uyda yo‘qligi sababli ijro harakatlari keyinga qoldirilgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unga binoan idoraviy bo‘ysunuvidan va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda karantin holati joriy qilingani sababli ijro hujjati ijrosini ta’minlash 2020-yil 15-avgustga qadar to‘xtatib turilgan.

Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan 17-sentabrda ijro hujjati bo‘yicha tomonlar byuroning Namangan shahar bo‘limiga chaqirtirilib, ularga ijro hujjati talabi qaytadan tushuntirilgan. Shu bilan bir qatorda, ijro hujjati talabini bajarmaslikning huquqiy oqibatlari ham tushuntirib o‘tilgan, manzildan ixtiyoriy ravishda ko‘chish taklif qilingan.

Biroq javobgar M.D. va uning oila a’zolari ko‘rsatib o‘tilgan nizoli xonadondan ixtiyoriy ravishda ko‘chib chiqib ketmagani sababli davlat ijrochisi tomonidan shu yil 29-sentabr kuni ko‘chirish harakatlarini majburiy ijro etish tayinlanib, bu haqida qarzdorning o‘zi va tegishli tashkilotlarga (Namangan shahar IIO FMB 2-IIB, FVV YoXB Namangan shahar bo‘limi, MFY, TTYo Namangan shahar bo‘limi) ma’lum qilingan.

Shu kuni yuqoridagi manzilga borilganda qarzdor M.D. va uning qizi D.G. tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishga faol qarshilik ko‘rsatilgan. Ijro hujjati talabini bajarishga to‘sqinlik qilish maqsadida 1985-yilda tug‘ilgan D.G. o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgan — o‘z joniga suiqasd qilgan”, deyiladi MIB munosabatida.

Fuqaro D.G. tanasining 80 foizdan ortiq kuyish tan jarohati natijasida 2020-yil 30-sentabr kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda