O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Jenoa”dagi dastlabki mashg‘ulotini 5-oktabr kuni o‘tkazadi.
Metaratings’ning xabar qilishicha, A Seriya klubi Eldorning transferini 2 yoki 3-oktabr kuni rasman e’lon qiladi. O‘zbekistonlik futbolchi katta ehtimol bilan 9-raqamni oladi.
Ma’lumot uchun, “Jenoa”da ushbu raqam ostida Luka Toni va Ernan Krespo kabi mashhur futbolchilar to‘p surgan.
Shomurodov yangi jamoasida A Seriya 4-turidan o‘rin olgan 19-oktabr kungi “Verona”ga qarshi o‘yindayoq debyut qilishi mumkin. “Jenoa” ayni damda 3 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, jamoaning bir necha futbolchisida koronavirus aniqlangani sabab genuyaliklarning A Seriya 3-turi doirasida “Torino”ga qarshi o‘yini qoldirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bilan 4-yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani, Eldorning yillik maoshi esa yiliga 600-700 ming yevroni tashkil qilishi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)