O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

Kollaj: “Daryo”

Shomurodov A Seriya kabi chempionatga o‘tganidan juda xursandman.

“Jenoa” — ajoyib klub, bu muvaffaqiyat. Men Eldor uchun juda xursandman. U muvaffaqiyatga erishishiga aminman. Unga omad va Italiya chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman.

Odil Ahmedov, futbolchi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Jenoa” bonuslar bilan birga Shomurodov uchun 9 million yevro to‘lashi, shuningdek, donliklar Eldorning keyingi transferlaridan tushadigan mablag‘ning 15 foiziga ega chiqishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Eldor rostovliklar safida 2017-yildan beri to‘p tepib keladi. Mazkur vaqt mobaynida u 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Rostov” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan.

25 yoshli futbolchi “Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, “Rostov”dan avval “Bunyodkor” safida harakat qilgan.