Daryo

Eldor Shomurodovning “Jenoa”da qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, Eldor Genuya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi

1 daqiqa o‘qish63 590 ko‘rishlar0 izoh0

“Rostov”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov “Jenoa”ga o‘tishga yaqin turibdi.

Foto: “Rostov” FK

25 yoshli futbolchi 2-oktabr, juma kuni Italiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng u Genuya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi, deya xabar bermoqda “Sport-Ekspress” nashri.

Manbaga ko‘ra, “Jenoa” bonuslar bilan birga Shomurodov uchun 9 million yevro to‘laydi. Shuningdek, donliklar Eldorning keyingi transferlaridan tushadigan mablag‘ning 15 foiziga ega chiqadi.

Ma’lumot uchun, Eldor rostovliklar safida 2017-yildan beri to‘p tepib keladi. Mazkur vaqt mobaynida u 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Rostov” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan.

25 yoshli futbolchi “Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, “Rostov”dan avval “Bunyodkor” safida harakat qilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar