“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski UEFA talqiniga ko‘ra 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Robertdan tashqari Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne hamda “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer ham da’vogarlik qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Levandovski “Bavariya” safidagi 47 o‘yinda 55 ta gol urdi. Polshalik futbolchi jamoasi bilan 4 ta sovrin yutishdan tashqari, 3 ta musobaqa (Germaniya chempionati va Kubogi, Chempionlar Ligasi) to‘purariga aylandi.
De Bryuyne ortda qolgan mavsumda Premyer Ligada 20 ta golli uzatma amalga oshirgan holda, rekordni takrorladi va liga doirasida 13 ta gol urdi.
Noyer “Bavariya” safida 4 ta sovringa ega chiqdi. Chempionlar Ligasida barcha o‘yinlarda maydonga tushib, ularning 6 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)