• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 1-oktabrdan qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

    O‘zbekistonda 1-oktabrdan bir qator sohalarda turli o‘zgarishlar va yangi tartiblar kuchga kiradi. Adliya vazirligi kuchga kiradigan ana shu yangi tartiblar haqida ma’lumot berdi.

    Tadbirkorlarga “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi.

    Tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

    Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi — “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.

    “Yashil” toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlar faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

    Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

    Milliy geografik axborot tizimi yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr ma’lumotlari bilan tezkor ta’minlash imkonini beradi.

    Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning noqonuniy faoliyati haqida ma’lumot mavjud bo‘lganda maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

    Mavzuga doir: Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi

    Budjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar ro‘yxatini shakllantirishda ularni cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganadi.

    Bunda korxonalar rahbarlari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, import orqali tovarlar xarid qilinishining maqsadga muvofiqligini kuzatuv kengashlariga asoslab beradi.

    Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek, ularning affillangan shaxslarining va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining (mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlarida bundan mustasno) ta’sis etilishiga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi:

    • bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yuritib kelayotgan sohalarda;
    • davlat organlari tomonidan o‘zlariga litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan sohalarda.
    Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘liq tarzda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. Ushbu tizim 2020-yil 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida amalga oshirib kelinmoqda.

    Tadbirkorlar uchun yana bir imtiyoz

    Quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini tarmoqqa ulashda sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlarning xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan so‘rovnomasiga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

    Mazkur mablag‘lar keyinchalik tadbirkorlar foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan 1 yil davomida undirib olinadi.

    Respublika budjeti mablag‘lari va Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etishda narxlarni davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi.

    Aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

    Bunda:

    • 2021-yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi hajmlari bosqichma-bosqich kamaytiriladi, boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor mexanizmlari joriy etiladi;
    • oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqish nazarda tutiladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yildan paxtaga, 2021-yildan g‘allaga davlat xaridi narxini belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi

    Aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari o‘zgaradi.

    O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar)ning ayrim turlariga aksiz solig‘i stavkalari oshadi.

    2020-yil 1-oktabrdan boshlab:

    • nodavlat ta’lim tashkiloti litsenziya olganidan keyingi litsenziya talablari va shartlaridan biri — “Nodavlat ta’limni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun tegishli ma’lumotlarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etadi;
    • mazkur tizimda nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotning litsenziya olingandan boshlab 30 kun davomida yo‘qligi — litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish uchun asos bo‘ladi;
    • kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat blankalari berganlik uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im joriy etiladi.
    Ichimlik suvi xizmatlari uchun narxlar mahalliy Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    Suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, mahalliy Kengashlar qarori bilan ma’qullangandan so‘ng tasdiqlanadi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimidagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi

    01.10.2020, 20:58   Izoh (0)   198800
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jazo qancha og‘irlashsa ham, jurnalist yoki bloger yozishni baribir to‘xtatmaydi” — Komil Allamjonov ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    01.10.2020, 19:57

    Surxondaryoda 6,5 mlrd so‘mga qurilib, 19 oy xizmat ko‘rsatgan ko‘prik ishini viloyat prokuraturasi o‘rgana boshladi

    01.10.2020, 19:12

    O‘zbekiston xorijga qiymati 2 mln dollarlik mebel mahsulotlari eksport qildi

    01.10.2020, 18:43

    O‘zbekiston 8 oy davomida qancha miqdorda benzin import qilgani ma’lum qilindi

    01.10.2020, 18:28

    Qarshi shahar kengashi deputati O‘ktam Xo‘jayorov vafot etdi

    01.10.2020, 17:41

    Uzbekistan Airways 5–7-oktabr kunlari Sankt-Peterburgdan O‘zbekiston shaharlariga charter reyslarni amalga oshiradi

    01.10.2020, 17:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.