Disney koronavirus pandemiyasi tufayli 28 ming xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Epidemiya boshlanishi bilan AQShda birinchilardan bo‘lib Disney parklari yopildi. Keyin ular yana ishlay boshladi, ammo tashrif buyuruvchilar sonida sezilarli cheklovlar mavjud.
Ma’lum qilinishicha, Disney’dagi bu jarayon pandemiya davridagi eng keng ko‘lamli ishchilar sonining qisqartirilishi bo‘lgan.
Pandemiya boshlanishidan oldin Disney tematik parklarida 100 mingdan ortiq odam ishlagan. Umuman olganda, kompaniya xodimlari o‘tgan moliya yilining oxiriga kelib 2019-yil sentabr oyida 223 ming kishini tashkil etgan.
Izoh (0)